|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 69/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi
Fazoviy axborotlarni tashkillashtirishda eng keng tarqalgan tamoyillardan biri bu qatlamlashtirish tamoyilidir. Uning mazmuni shundan iboratki, biror-bir hudud haqida fazoviy ma’lumotlar aniq talablarga javob beruvchi mavzuli overley (qatlamlar) koʻrinishida saqlanadi (4.24-rasm). Har bir qatlam bir yoki bir necha mavzularga bogʻliq axborotlarni oʻz ichiga oladi. Masalan, tabiiy resurslarni boshqarishda bunday mavzularga geologik qazilmalarga oid ma’lumotlar, tuproqqa oid ma’lumotlar, relyef, transport tarmogʻi haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Bunday usulda ishlash avvalgi qogʻozli kartalardan tubdan farq qiladi. Eski usulda har bir mavzuli ma’lumot kartalardan kalka qogʻozlarga bostirilib olingan.
4.24-rasm. Qatlamlarga ajratilgan karta (Manba: Internet)
Overley (overlay) operatsiyasi bu ikki yoki undan ortiq qatlamlarni biri- biriga ustma-ust qoʻyish orqali grafik qatlamlar yigʻindisidan tashkil topgan shakl (karta) hosil qilishdir. Bunda fazoviy ma’lumotlar toʻplami, toʻplamning topologiyasi va atribut ma’lumot mavjud boʻladi.
Bu operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
nuqtaning poligonga tegishliligini aniqlash;
chiziqning poligonga tegishliligini aniqlash;
poligonning poligonga tegishliligini aniqlash;
ikkita poligonli qatlamni ustma-ust qoʻyish;
yangi qatlam hosil boʻlishi bilan bir xil sinfli poligonlardagi chegaralarni yoʻqotish;
obyektlar kesishuvidagi chiziqlarni aniqlash;
bir xil turdagi obyektlarni birlashtirish;
chiziqli obyektlarga tegishli nuqtalarni aniqlash va boshqalar.
Overley operatsiyasi ikki xil usul yordamida bajariladi. Bular vektor va rastr overley operatsiyalaridir.
Vektor overley operatsiyasi. Vektor ma’lumotining overley operatsiyasi birmuncha murakkab tuzilgan, chunki bunda nuqtalar, chiziqlar va maydonlar orasidagi fazoviy bogʻliqliklarning topologik jadvallari yangilab turilishi kerak. Overley jarayonida atribut ma’lumot kartada bogʻlangan obyektga biriktirilishi lozim, ya’ni kartadagi ma’lum bir poligon yoki fermer xoʻjaligi maydoni egasi yer toʻgʻrisidagi ma’lumotlarga ega va bu ma’lumotlarni atribut ma’lumotlar deydigan boʻlsak, ular jadvallarda yozilgan boʻladi. Overley operatsiyasida shu bogʻliqlikni saqlab qolish kerak boʻladi. Overley operatsiyasining qaysi jarayonda ketishi bu foydalanuvchining maqsadiga qarab modellanishiga bogʻliq. Umumiy qilib aytganda, GAT dasturi turli xil vektor ma’lumotlarning overley ishini fazoviy qatlamlarning atribut ma’lumotlar fayllarini bogʻlash orqali yangi qatlam hosil qiladi. Turli GAT dasturlari overley operatsiyasining ishini turli xil usullarda bajaradi, ya’ni bu yerda barcha dasturlar uchun yagona boʻlgan usul yoʻq, lekin oxirgi maqsadi yoki natijasi bir xil boʻlishi mumkin.
4.25-rasm. Vektor overleyning turlari (Manba: Internet)
Vektor overleyning uchta turi mavjud boʻlib, ular nuqta maydon ustidagi overley, chiziq maydon ustidagi overley hamda maydon ustidagi overleydir (4.25-rasm).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|