|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 71/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biTarmoqni trassalash. Bunda foydalanuvchi bergan kriteriy (mezon)lar orqali tarmoqdagi kerakli yoʻl izlab topiladi. Masalan, eng yaqin boʻlgan (tarmoq ichida) bankomat yoʻlini topish.
Tarmoqni marshrutlash. Bu orqali chiziqli tarmoqlar boʻylab optimal yoʻlni aniqlash amalga oshiriladi. Bunday mezonlar jumlasiga eng qisqa masofa, tez eltadigan masofa yoki tarmoqdagi ma’lum bir joydan boshqa bir joygacha kamxarajatli yoʻlni kiritishimiz mumkin (4.27-rasm).
Tarmoqni joylashtirish. Bu orqali tarmoq ichidagi markaziy joylar yoki muhim obyektni aniqlash ishlari olib boriladi. Bunday obyektlar jumlasiga oʻt oʻchirish stansiyasini kiritishimiz mumkin. Tarmoq tahlilida oʻsha stansiyaning xizmat qilish qamrovi va masofasi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, boshqa stansiyalarni aniqlash orqali qaysi stansiya voqea yuz bergan joyga birinchi boʻlib yetib borishi ham aniq boʻlib qoladi.
4.27- rasm. Tarmoq tahlili asosida eng qisqa masofani aniqlash (Manba: Bxatta, 2008)
Yer yuzasi rastr DEM (raqamli relyef modeli) orqali yanada yaxshiroq tasvirlanishi mumkin, biroq vektor koʻrinishidagi triangulatsiya tarmoqlari orqali ham samarali tasvirlanadi. Geografik axborot tizimi uchun yer yuzasining tahlili juda muhim hisoblanadi.
GAT orqali biz berilgan joyning yuzasini kosmik rastr suratlar orqali uch oʻlchamli (3D) tasvirini, koʻz orqali yoki GAT fazoviy tahlili asosida joyning relyefli modelini barcha tafsilotlari bilan yaratib, keyin koʻrishimiz mumkin.
Yer yuzasi tahlili natijasida oʻzimizga kerakli boʻlgan ma’lumotlarni qisman olishimiz mumkin. Bu tahlil quyidagi savollarga javob topishda katta rol oʻynaydi, jumladan:
Bir xil relyefdagi nuqtalar qaysilar?
Yer yuzasining qaysi qismlari bir xil yoʻnalgan?
Yer yuzasidagi kimyoviy moddalarning kamayishi va tarqalishi qanday tartibda joylashgan?
Yer yuzasi tahlili, oʻz navbatida, bir nechta tahlil boʻlimlariga boʻlinadi va quyida ular haqida tushunchalar berilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|