• K o ʻ r i n ish s oy a s i ( V ie w sh e d
  • Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




    Download 9,82 Mb.
    bet73/142
    Sana21.12.2023
    Hajmi9,82 Mb.
    #126251
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   142
    Bog'liq
    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

    Togʻlik qiyaligi (Hillshade) tahlili. Bu tahlil natijasida yer sathining gipotetik (yoʻl qoʻyiladigan) yorugʻlik oʻlchami rastr formatning har bir kvadrat katakchasidan aks ettirilayotgan yorugʻlik hajmini oʻlchash orqali topiladi. Bu tahlil suratni yorugʻlik manbayiga qoʻyib, har bir katakchasining qoʻshni katakchaga nisbatan qiymatini hisoblash orqali amalga oshiriladi.

    4.31-rasm. DEM modeli orqali hosil qilingan togʻlik soyasi (Manba: Bhatta, 2008)
    Bu tahlil (4.31- rasm) yer sathi tahlili yoki grafik tasvirlash uchun xizmat qiladi. Biz togʻlik qiyaligini ham tahliliy, ham grafik tasvirlash maqsadlari uchun ishlatishimiz mumkin. Grafik jihatdan togʻlik qiyaligi ma’lum bir joyning relyef va qatlamlari qay tarzda joylashganligini koʻrsatib beradi. Tahliliy jihatdan landshaftning kunning har xil vaqtlarida yorugʻlanishini quyosh nuri burchagini pasaytirish yoki koʻpaytirish orqali aniqlashimiz mumkin.
    Koʻrinish soyasi (Viewshed) tahlili jarayoni yer, suv va boshqa atrof- muhit elementlarining ma’lum balandlikdan koʻrinishini tahlil qilishdan iborat. Bu tahlil asosan shaharsozlik, arxeologiya va harbiy ishlarda qoʻllaniladi. GATda bu tahlil ma’lum bir koʻrish nuqtasidan koʻrinadigan maydonlarni hisoblash orqali raqamli yuza modeli (DTM) dagi elementlarni kuzatish va koʻrinarli maydonlarni aniqlash uchun qoʻllaniladi. Qisqacha qilib aytadigan boʻlsak, kuzatuv uskunasini turli xil balandliklarga qoʻyish orqali raqamli modellarni ularning zaruriy tafsilotlari bilan tasvirlashga xizmat qiladi.
    Kuzatuv uskunasi bu yerda kosmik sun’iy yoʻldoshga oʻrnatilgan sensorlardir. Kuzatuv uskunasi holati yer sathidan yuqorida yoki dengiz sathining balandligida qoʻyib oʻzgartirilishi mumkin. Agar kuzatuv nuqtasi boʻlsa, har bir kuzatuv uskunasi signallari yetib borgan kataklarga boshqacha qiymat, signallar yetib bormagan kataklarga boshqa qiymat beriladi va natijada ikki xil qiymatli rastr katakchalar hosil boʻladi (4.32-rasm).

    4.32-rasm. Ikki kuzatuvchi orqali koʻrinish soyasi tahlilini yaratish
    (Manba: Bxatta, 2008)

    Bunday tahlil ishi hududning joylashuvini rejalashtirishda, kommunikatsiya yoki kuzatuv maqsadlari uchun qoʻllaniladigan minoralarni joylashtirishda, oddiy misol orqali tushuntiradigan boʻlsak, uyali telefonlar stansiyasini oʻrnatishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.



    Download 9,82 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   142




    Download 9,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

    Download 9,82 Mb.