|
Plotter va kartani nashrga chiqarish
|
bet | 81/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi Plotter va kartani nashrga chiqarish
Plotter soʻzi xalqaro miqyosda qoʻllaniladi. Plotter katta formatdagi tasvirlarni bosmaga chiqarish uchun qoʻllaniladigan katta printerdir. Uning boshqa katta printerlardan farqi shundaki, u asosan kartadagi tafsilotlarni bosmaga chiqarish uchun maxsus moʻljallanadi (5.12-rasm). Grafoqurilma (grekcha γράφω — chizaman, yozaman) yoki plotter – katta aniqlikda tasvirlarni, qiyin chizmalarni, kartalarni va boshqa grafik axborotlarni qogʻozda yoki kalkada (A0 oʻlchamgacha) avtomatik ravishda chizishga moʻljallangan grafik qurilmadir.
5.12-rasm. Zamonaviy plotter (Manba: Internet)
Grafoqurilma tasvirni chizish bloki yordamida tasvirlaydi. Qurilma kompyuterga USB, parallel yoki SCSI interfeysi orqali bogʻlanadi. Birinchi plotterlarning ishlash tamoyili qogʻozni roliklar yordamida siljitib, maxsus pero yordamida X va Y koordinata boʻylab chizish va yana bir tamoyili esa hisoblash mashinasi orqali boshqariladigan sharli pero yordamida chizish boʻlgan. Bunday plotterlarning kamchiligi shundan iborat ediki, bosma uchun katta oʻlchamda joy kerak boʻlar edi. Afzalligi – kartaga tushiriladigan obyektlar koordinatalarining aniqligi osonlikcha tushirilar edi. Keyinchalik bu qurilma maxsus har xil qalinlikdagi va rangdagi chiziqlarni chizishga moʻljallangan perolar toʻplamiga ega kasseta bilan jihozlandi.
Qulay plotterlarni Hewlett Packard va Tektronix 1970- yillarning oxirlariga kelib ishlab chiqara boshladi. 1980- yillarning oxirida XP 7470 modelida har tomonlama ixcham va qulay plotterlar ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi kunda eng koʻp foydalaniladigan plotterlar turkumiga lazerli va xotiraga ega boʻlgan plotterlar kiradi.
Grafoqurilmaning turlari:
rulonli yoki planshetli;
peroli, boʻyoqli va elektrostatik;
vektor va rastr.
|
| |