Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




Download 9,82 Mb.
bet83/142
Sana21.12.2023
Hajmi9,82 Mb.
#126251
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   142
Bog'liq
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

Amalga oshirish.


  1. bosqich. Malumotlar bazasini loyihalash: ma’lumotlarni toʻplash, boshqarish va ularni ma’lumotlar bazasida yangilab turish jarayonlari hamda ma’lumot bazasining tuzilishini loyihalash ishlari amalga oshiriladi.

  2. bosqich. Boshlangʻich loyihani amalga oshirish: tanlangan dasturiy ta’minotni qoʻllagan holda kichik masshtabdagi geoaxborot tizimi loyihasi amalga oshiriladi.

  3. bosqich. Boshlangʻich loyihani oʻrganish: ushbu kichik masshtabdagi loyiha doirasida ma’lumotlar bazasining loyihalanganligi, ma’lumot toʻplashga

ketgan xarajatlar, kompyuter qurilmalarini ishlatish tizimi va mos dasturiy


ta’minotning samaradorligi oʻrganib chiqiladi hamda keyingi katta loyiha uchun moslanib, kamchiliklar boʻlsa, bartaraf qilinadi.

  1. bosqich. Zaruriy tizimni sotib olish: barcha hisob-kitoblar qilib boʻlinganidan keyin katta masshtabdagi loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan kompyuter qurilmalari (raqamlovchi qurilmalar, skanerlar, printer va plotterlar) va dasturiy ta’minotlar sotib olinadi.

  2. bosqich. Agar kerak boʻlsa, trening kurslarini tashkil etish zarur.

  3. bosqich. Ma’lumotlarni kiritish.

  4. bosqich. Loyihaning kundalik ishlashini boshqarib turish.

Geoaxborot tizimi loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi 6 ta omil katta ahamiyatga ega hisoblanadi:

  1. Ma’lumotni kiritish. Geoaxborot tizimida ma’lumotlarni toʻplash va kiritish umumiy loyihaga ketadigan xarajatning 80%ini tashkil etgani uchun bu birinchi omil hisoblanadi. Geofazoviy ma’lumotni tanlash va tasniflashga koʻproq e’tibor qaratilishi zarur. Bu, oʻz navbatida, kelgusi bosqichdagi raqamlashtirish jarayoniga ham ta’sir koʻrsatadi.

  2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish. Bunda asosiy e’tibor ma’lumot sifatiga va davriy ravishda yangilab turilishiga qaratilishi lozim.

  3. Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun nafaqat katta boshqaruvchilar, balki texnik xodimlar ham koʻproq e’tibor qaratmogʻi lozim.

  4. Agar tanlangan dasturning kerakli amaliy masalalarni hal qilishga imkoniyati yetmasa, unda mutaxassislar yordamida zaruriy yechimlar ishlab chiqilishi lozim.

  5. Ma’lumotni birgalikda ishlab chiqish ma’lumot kiritishga sarflanadigan umumiy xarajatni kamaytiradi va oʻz navbatida, ma’lumot bazasini ishlatishga zamin yaratadi.

  6. Ta’lim va trening geoaxborot tizimi mazmuni, maqsadi va texnologiyasini tushunishda juda muhim hisoblanadi. Bunda trening kurslari 3 ta bosqichda: foydalanuvchilar, mutaxassislar va texniklar uchun moʻljallab oʻrgatilishi zarur.

Yuqorida biz kerakli natijani olishimiz uchun qanday bosqichlarni bajarish va nimalarga e’tibor qaratish lozimligini koʻrib chiqdik. Endi geoaxborot tizimining notoʻgʻri amalga oshirilishi va kerakli natijani ololmaslikning bir qator sabablarini koʻrib chiqamiz:



  • Oldinga qoʻyilgan maqsadni koʻra olishning yetishmasligi. Agar geoaxborot tizimiga oid dasturni sotib olgan boshqaruvchi tizimning oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarga mos holda ishlamasa, unda bu dastur kerakli natijani bermaydi.

  • Uzoq muddatli rejalashtirishning yetishmasligi. Shuni esda tutish kerakki, GAT loyihasini amalga oshirish uzoq muddatli jarayonlardan hisoblanadi va ba’zida bu jarayon kamida 10 yil mobaynida ham amalga oshirilishi mumkin. Boshlangʻich hisob-kitob davrida ma’lumotlarning zaruriy yillar davomidagi yangilanishi, ularni bazaga kiritish xarajatlari hisobga olinmay ish boshlansa, unda vaqt oʻtishi bilan ishlar toʻxtab qolishi ham mumkin.

  • Qaror qabul qiluvchilar tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yetishmasligi. Ba’zi paytlarda loyihani amalga oshirayotgan boshqaruvchi oʻrniga mazkur sohani yaxshi tushunmaydigan boshqaruvchilar tasdiqlanadi. Bu, oʻz navbatida, loyihani muvaffaqiyatsizlikka olib keladi.

  • Tizimli tahlilning yetishmasligi. Karta ma’lumotlarini raqamlashtirish jarayoni koʻpincha qoʻl yordamida bajariladi. Bu, oʻz navbatida, loyihaning sekinlik bilan bajarilishiga olib kelishi mumkin. Ba’zi jarayonlarni avtomatik hisoblangan interaktiv raqamlashtirish usullari orqali yoki mos dasturlar bilan ham amalga oshirish mumkin. Demak, mos tizimli tahlil hamda dasturlarni qoʻllamaslik va tashkiliy ishlarni avtomatlashtirishni kechiktirish ham loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi.

  • Tekshiruv ishlarining yetishmasligi. Loyiha davomida notoʻgʻri dastur va kompyuter qurilmalarini ishlatish tekshiruv ishlarining zarur darajada amalga oshirilmaganligidan dalolat beradi. Boshlangʻich reja har doim malakali mutaxassislar tomonidan tekshirilib, baholab turilishi zarur.




  • Foydalanuvchilarning ma’lumot olish imkoniyatining chegaralanganligi. Foydalanuvchilar uchun kerakli miqdorda trening kurslari tashkil qilinmaganligi, zaruriy oʻquv qoʻllanmalari bilan kam ta’minlanganligi ularning keskin kamayib ketishiga olib keladi.


    1. Download 9,82 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   142




Download 9,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

Download 9,82 Mb.