• Raqamli karta
  • Raqamli kartalarni ishlab chiqarish




    Download 9,82 Mb.
    bet84/142
    Sana21.12.2023
    Hajmi9,82 Mb.
    #126251
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   142
    Bog'liq
    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

    Raqamli kartalarni ishlab chiqarish qoidalari Raqamlashtirish (digitizing) – oddiy (analog) ma’lumotlarni kompyuter

    tizimida saqlay oladigan raqamli koʻrinishga keltirish jarayonidir. Raqamlashtirishda digitayzer (raqamlovchi) (5.14-rasm), GATdagi dasturiy ta’minotlar, skanerlar va boshqa raqamlovchi qurilmalar qoʻllaniladi.

    5.14-rasm. Kichik raqamlovchi interaktiv doska (Manba:Samardak, 2005)
    Raqamli karta (numerical, digital map) – kartalarni proyeksiyalashda, koordinata va balandlik sistemasini aniqlashda qabul qilingan kartografik generalizatsiyalash qonunlari asosida tashkil etilgan yuzaning raqamli modeli. Boshqacha aytganda, raqamli karta bu raqamli kartografik ma’lumotdir. Raqamli karta kartografiyalash, karta aniqligi, generalizatsiya, shartli belgilar tizimining barcha me’yorlari va qoidalari asosida yaratiladi. Raqamli karta oddiy qogʻozli, kompyuter va elektron karta yaratishda asos boʻlib xizmat qiladi hamda kartografik ma’lumotlar bazasi tarkibiga kiradi. Shu bilan birga GAT ta’minotining muhim elementlaridan hisoblanib, bir vaqtning oʻzida GAT jarayonlarining natijasi ham boʻlishi mumkin.

    Kartografik axborotlarni tasvirlash qoidalari obyektlarning uzoq-yaqin joylashuviga qarab masshtablarda koʻrsatiladi va shartli belgilarga koʻra belgilanadi. Bu qoida shartli belgilar tizimi va shu bilan birga raqamli topokartalarni yaratish usullari va texnik vositalari asosida ishlab chiqilgan.


    Raqamli tasvirlashning eng koʻp ishlatiladiganlari bu obyekt kodi, metrik tasvirlanishi, obyektning topokartada ayni masshtabda joylashganligi xarakteristikasi va koʻpincha obyektning semantikasidir.
    Obyektni metrik tasvirlash ikki xil vazifani bajaradi:

    • obyektning fazoviy holatini joylashtirish (fixings);

    • qoʻshimcha axborot bilan ta’minlash (masalan, suv ayri chizigʻini relyeflarda koʻrsatish).

    Obyektlar xarakteriga koʻra quyidagicha tasvirlanadi:

    • diskret obyekt – bir nuqtali;

    • shartli-chiziqli obyekt – ikki nuqtali;

    • chiziqli va maydonli obyekt – koordinatalariga koʻra; maydonli obyektda oxirgi nuqta oʻz oʻrnida birinchi boʻlib ham keladi.

    Chiziqli obyektlar ham berilgan yoʻnalishiga qarab ikki guruhga boʻlinadi:

    • toʻgʻri va har qanday yoʻnalishda (masalan, yoʻl);

    • faqat balandlikni yoki relyefni tasvirlaydigan (masalan gorizontallar, suv ayri chiziqlari va boshq.).


    Download 9,82 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   142




    Download 9,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli kartalarni ishlab chiqarish

    Download 9,82 Mb.