|
Kartografik ma’lumotlarni generalizatsiyalash
|
bet | 87/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi Kartografik ma’lumotlarni generalizatsiyalash
GATda turli xil geografik ma’lumotlar boʻlishi turli toifadagi foydalanuvchilar boʻlishiga olib keldi. Bu foydalanuvchilar foydalanish maqsadiga koʻra ma’lumotlarni turli xil koʻrinish, format va umumlashgan yoki yanada batafsilroq tarzda olishni istashadi. Generalizatsiya tushunchasi mana shu maqsadlarni amalga oshirish uchun paydo boʻlgan. Bu soʻzni oʻzbekchaga tarjima qiladigan boʻlsak, umumlashtirish degan ma’no kelib chiqadi. Foydalanuvchilar maqsadlariga misol keltiradigan boʻlsak, masalan, sayyohlar odatda kartada tarixiy joylar, aniq manzillar, turli xizmat koʻrsatish joylari kabi belgilarni izlashadi. Ular uchun batafsil ma’lumot yoki yoʻlning aniq koʻrinishi, bino va inshootning aniq arxitekturasi mutlaqo qiziq emas. Shuning uchun GATda raqamli kartalar ustidan generalizatsiya operatsiyasi amalga oshiriladi va bunda talab qilinayotgan ma’lumot foydalanuvchi hamda uning talabi hisobga olinib bajariladi. Yanada soddaroq tushuntiradigan boʻlsak, masalan, biror-bir manzilga olib boruvchi yoʻl toʻgʻri boʻlmasdan, har xil burilishlar va egri chiziq koʻrinishida boʻlishi mumkin. Lekin haydovchilarni kartada bu yoʻlning batafsil shakli emas, balki qaysi yoʻl eng qisqaligi va yetkazib borish imkoniyati qiziqtiradi. Shunday paytlarda bunday egri chiziqlar toʻgʻri chiziqlar shakliga keltirilib soddalashtiriladi. Bu soddalashtirish foydalanuvchi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlmaydi (5.19-rasm). Sizda: “Demak, raqamli kartada barcha
chiziqli, nuqtali va maydonli shakllarni shu yoʻl bilan soddalashtirish kerak ekan- da”, degan haqli savol paydo boʻlishi mumkin. Bu faraz toʻgʻri emas, agar yoʻl qurilishi tashkilotlari uchun oʻsha joyning kartasi kerak boʻlsa (masalan, yangi yoʻlni loyihalash maqsadlari uchun), u holda yoʻlning batafsil, ya’ni barcha tafsilotlari kiritilgan boʻlishi lozim. Demak, yuqoridagilardan shuni xulosa qilishimiz kerakki, generalizatsiya operatsiyasi barcha GAT jarayonlarida ham qoʻllanilmaydi, balki foydalanuvchi talabiga mos holda bajariladi.
5.19-rasm. Generalizatsiyalangan tasvir (Manba: Internet)
|
| |