• Fazoviy ma’lumotlar generalizatsiyasi
  • Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




    Download 9,82 Mb.
    bet88/142
    Sana21.12.2023
    Hajmi9,82 Mb.
    #126251
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   142
    Bog'liq
    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

    Generalizatsiya (generalization) bu kichik masshtabdagi geotasvirlarning oʻrganilganligi va kattaroq masshtabga oʻtkazib umumlashtirish operatsiyasidir.
    Kartografik generalizatsiya (cartographic generalization) – bu kartograf tomonidan me’yorlar va qoidalar asosida kartadagi obyektlarni umumlashtirish yoki tanlash va shu bilan birga kartadagi mayda obyektlarni kattalashtirib koʻrsatgan holda tasvirlanayotgan obyektlarni son va sifat jihatdan umumlashtirish jarayonidir. Generalizatsiya jarayoni interaktiv, avtomatik yoki mexanik jihatdan amalga oshirilishi mumkin. Interaktiv va avtomatik jarayonda umumlashtirish jarayoni dastur xotirasiga kiritilgan maxsus algoritmlar asosida amalga oshiriladi.
    Fazoviy ma’lumotlar generalizatsiyasi (spatial data generalization) – bu GATdagi fazoviy obyektlar toʻgʻrisidagi pozitsion yoki atribut ma’lumotlarni

    interaktiv va avtomatik rejimda generalizatsiya operatorlarini qoʻllagan holda umumlashtiradi.


    Yuqorida ta’kidlangan qonun-qoidalar bir necha turda boʻlishi mumkin va ulardan eng koʻp qoʻllaniladiganlari quyidagilardir: soddalashtirish (simplification), tekislash (smoothing), chiziqlarni ingichkalashtirish (line thinning), agregatsiyalash (aggregation), poligonli obyektlarni birlashtirish (amalgation), chiziqli obyektlarni birlashtirish (merging), buzilish (collapse), tozalash (refinement), shakl yoki oʻlchamni kattalashtirsh (exaggeration), mukammallashtirish (enhancement), qoʻshib olish (displacement).
    Yuqoridagi qonun-qoidalar asosida umumlashtirish ishini olib borishda interaktiv yoki avtomatik jarayondagi generalizatsiya ishlari talab etiladi. Chunki amaliyotda umumlashtirish ishlarini amalga oshirish qiyin. Avtomatik rejimda obyektlarning tasnifi, me’yoriy tanlovi, chiziqli, konturli, maydonli obyektlarning umumlashtirilishi amalga oshiriladi. Interaktiv rejimda qoʻshimcha ma’lumotlarni hamda avtomatik rejimda bajarilgan ishlarni toʻliq yetkazib berish va nazorat qilish ishlari bajariladi. Interaktiv rejim bu yarim avtomatlashgan rejim hisoblanadi. Hozirgi kunda kartografik tasvirlarni umumlashtirish ishlarining kartografik ekspert tizimlari orqali amalga oshirilishi keng ravishda qoʻllanilmoqda.

      1. Download 9,82 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   142




    Download 9,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

    Download 9,82 Mb.