|
Ma’lumotlar bankining umumiy tuzilishi
|
bet | 96/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi Ma’lumotlar bankining umumiy tuzilishi
“Yeravtobank” dasturiy majmuasi dasturiy interfeys orqali ma’lumotlar almashish vositasi bilan o‘zaro harakatdagi bir necha mustaqil qismlardan iborat. Unga yerdan foydalanish obyektlari va axborotlarning grafik modullari (ArcGIS yoki MapInfo) to‘g‘risidagi jadvalli axborotlarni saqlash va boshqarishni ta’minlaydigan Microsoft Access – 2010 da yaratilgan ma’lumotlar bazasining aynan o‘zi kiradi.
Ma’lumotlar bazasi tarkibiga yerdan foydalanuvchilar obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, yer uchastkalari to‘g‘risidagi jadvallar kiradi va saqlanadi. Bulardan tashqari, ma’lumotlar bazasida ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi me’yoriy ma’lumotlardan iborat klassifikator va jadvallar ko‘rinishidagi yordamchi me’yoriy-ma’lumotnomali axborotlar ham o‘rin olgan.
Ma’lumotlar bazasiga izoh berishni uning eng muhim obyekti hisoblangan jadvallardan boshlaymiz. Ma’lumotlar bazasi o‘zaro munosabatlar bilan bog‘langan turli mohiyatga ega bo‘lgan 16 jadval, 6 so‘rov, 20 shakl va 25 makrosdan iborat. Jadvallar o‘rtasidagi aloqalar quyida keltirilgan (6.1-rasm).
Jadvallarni mohiyatiga qarab quyidagi 2 toifaga bo`lish mumkin^
obyektlar, yerdan foydalanuvchi to‘g‘risidagi axborotlarni saqlash uchun asosiy jadvallar;
yerdan foydalanuvchilar (mulkdorlar) to‘g‘risidagi axborotlarni saqlash uchun yordamchi jadvallar (me’yoriy - ma’lumotnomali axborotlar).
6.1-rasm. Ma’lumotlar tizimi
Yerdan foydalanuvchi subyektlar va ularga biriktirilgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi axborotlarni saqlashga mo‘ljallangan asosiy ko‘rsatkichlar (jadvallar) ro‘yxati quyidagi jadvalda berilgan:
6.1-jadval
Yerdan foydalanuvchilar va yer uchastkalari to‘g‘risidagi axborotlarni saqlash uchun asosiy jadvallar
|
| |