|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 92/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biFazoviy modellashtirish. Ushbu modellashtirishda geoaxborot tizimi bilan bogʻliq boʻlgan bir qator tahliliy ishlar bajarilishi talab etiladi va o’z navbatida, tahliliy ishlar berilgan karta modeliga taqqoslagan holda reja boʻyicha olib boriladi. Fazoviy modellashtirish orqali hosil qilinigan raqamli fazoviy ma’lumotlar bazasi faqatgina jadvalli ma’lumotlardan tashkil topadi.
Geografik ma’lumotlarni GATda tahlil qilishda fazoviy modellashtirishning quyidagi asosiy uchta vazifasi muhim sanaladi:
Geometrik o’lchovlar orqali – geografik belgilar orasidagi masofani hisoblash, buferlar hosil qilish, maydon va perimetrlarni o’lchash va boshqalar.
Moslashtirish orqali – poligon overley usullari orqali.
Qoshni belgilash orqali – joylashtirish va yangi hududlashtirish.
Jadvalli ma’lumotlar hisoblanadigan sxemaga muvofiq bir vaqtda turli ma’lumotlar bazasini integratsiyalash va tahlil etishga qodir (shu bilan birga kompyuter dasturi), shuningdek, turli kartalarni bir-biri bilan vizual izohlashda xalaqit beradi. Karta yaratish kabi fazoviy modellashtirish ham murakkab va koʻp vaqtni oladigan jarayondir, ya’ni boshida qoʻyilgan aniq bir maqsadsiz harakat qilib boʻlmaydi.
Modellashtirish soʻzi «model qilish» ma’nosini anglatadi. Qisqa Oksford lugʻatida «model» soʻzi uchun 7 xil ma’no berilgan boʻlib, ularning ichidan geografik axborot faniga mosi ikkita aloqador soʻzlardir.
Fazoviy soʻzi «fazo»ni ifodalaydi, shuningdek, turli ma’nolari ham bor. Bu vaziyatda «fazoviy» atamasi «geografik fazo» atamasiga bogʻliq, ya’ni elementlar, mavzular yoki koʻrinishni bildiradi va yer yuzasiga bogʻliq holda qabul qilinadi va topiladi. Fazoviy, shuningdek, real dunyo fazosi ma’nosini ifodalaydi.
Odatda, fazoviy geografik tasvirlashda kartaning belgi va xarakteristikalari mavjud. Kartada grafik simvollar va modellar mavzuli model boʻlgan geografik koʻrinish va uning xarakteristikalarining maxsus sinflarini tasvirlaydi. Holat, belgi, oriyentirlash va oʻlcham kabi simvollar yer yuzasining ikki oʻlchamli geometrik modelini ta’minlaydi va geografik yoki topografik koʻrinishga bogʻliq boʻladi, shuningdek, geometrik-matematik fazoni ifodalaydi. Geometrik model geometrik tuzilmani, ya’ni koordinatalar sistemasi ma’nosi orqali matematik yuzada qabul qilingan koʻrinishni tushuntiradi.
Uning ikki oʻlchamli geometrik tabiatiga qaramasdan, karta modeli, shuningdek, «vertikal oʻlcham»ni uning yuzasiga kiritadi, ammo geometriklarni emas, balki faqatgina grafiklarni kiritadi. Sonlar, belgilar, chiziq modellari va
ranglarga oʻxshab grafik simvollar ustunlik va qulaylikni ifodalaydi. Simvollashtirish karta modelida vertikal oʻlcham geometrik ma’lumotlarning emas, balki mavzuli ma’lumotlar sohasidadir, degan ma’noni bildiradi.
Talabalar tomonidan geoaxborot tizimining nazariy va metodologik asoslarini mukammal oʻrganish hamda amaliy masalalar yechimini topish uslublari ushbu oʻquv qoʻllanmaning 6- va 7- boblarida yoritilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|