|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 90/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biGrid orqali. Bunda nuqtalar oʻzaro bir-biriga teng masofada joylashtirilib, bu nuqtalardagi koordinatalar orqali balandliklar beriladi va maxsus fazoviy tahlil (Spatial Analyst) dasturi orqali oʻsha nuqtalarning balandliklari aniqlanib, joyning relyefi hosil qilinadi. Bu usulda berilgan har bir katakchadagi balandliklar ma’lum bir balandlikka referenslanadi, ya’ni bogʻlanadi. Masalan, dengiz sathiga nisbatan. Bu nuqtalar keyinchalik toʻrlar yordamida oʻzaro birlashtiriladi. Ushbu usul orqali hosil qilingan modelda har bir katakcha yuza qiymatini beradi. Bu usul rastr yondashuviga asoslangan boʻlib, modellarni hosil qilishda eng maqbul hisoblanadi. Yer yuzasining har bir nuqtasidan ma’lumot olish juda murakkab sanaladi. Bu usulda yuza kvadratlarga boʻlinadi va iloji boricha yuzaning koʻproq qismidan ma’lumot olishga e’tibor qaratiladi. Bunda berilgan kvadratlarning qiymatlari orqali qoʻshni tomondagi yuza qiymatlari interpolatsiya orqali dastur yordamida hisoblanadi va balandlik aniqlanadi. Interpolatsiya − bu aniq qiymatlar orqali noma’lum
nuqtalarning qiymatini taxminiy aniqlash usulidir. Bu, oʻz navbatida, yanada qiyinroq ma’lumot olishga imkoniyat yaratadi. Interpolatsiya natijalari qiymatlarning aniqligi, soni va joylashuviga bogʻliq.
Tasodifiy yoki oʻzgaruvchan nuqtalar orqali. Bunda nuqtalar har xil masofalarda qoʻyiladi va Triangulatsiyalangan nomuntazam tarmoq (TIN – Triangulated Irregular Network) hosil qilinadi. Bunda kvadrat katakchalar oʻrniga turli xil masofalarda joylashgan nuqtalarning uch oʻlchamli koordinatalari asos qilib olinadi.
Kontur chiziqlar orqali. Geodezik tilda aytadigan boʻlsak,bu oʻzaro bir xil masofada joylashgan gorizontal chiziqlardir. Bunday gorizontal chiziqlar teng masofada joylashtirilgandan soʻng bu gorizontallarning balandliklari asosida joyning relyefi hosil qilinadi. Maxsus dastur berilgan balandlikni Z, X va Y koordinata orqali uch oʻlchamli koʻrinishga keltiradi. Bu usul yuqoridagi TIN usuliga oʻxshash boʻlib, undan farqi yuqorida tasodifiy joylashgan nuqtalar boʻlsa, bunda har xil turdagi chiziqlar qoʻllaniladi. Bu usulda asosiy birlik bu uchburchaklardir. Bizga ma’lumki, uchburchak oʻzida uchta chiziqni birlashtirib, uchta tugun (node) ni hosil qiladi. Har bir uchburchak oʻsha uchala nuqtaning koordinatalari orqali ifodalanadi. Har bir uchburchak boshqa jadvallarda ham oʻzaro bogʻliq atributlarga ega boʻlishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|