Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




Download 9,82 Mb.
bet85/142
Sana21.12.2023
Hajmi9,82 Mb.
#126251
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   142
Bog'liq
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

Skaner (scanner) – bosma yoki qattiq koʻrinishdagi oddiy mediama’lumotni kompyuter xotirasiga avtomatik tarzda kiritish uchun raqamli rastr formatga oʻtkazuvchi qurilma hisoblanadi. Skanerning ishlash tamoyili berilgan oddiy formatdagi ma’lumotga nur joʻnatib, oʻsha nurni yana oʻzida qayta olishiga asoslangan. Qaytarilayotgan nur skaner turiga qarab oq-qora (1 bit) yoki rangli (8,16,32 bit) koʻrinishda qabul qilinishi mumkin.



5.15-rasm. А1 formatli kartalarni skanerlovchi qurilma (Manba:Longley, 2005)
Odatda, bunday tasvirlarning aniqligi yuqori (200 – 2400 dpi) boʻladi. Dpi (ingl. dot per inch) bu 1 dyuym (2,54 sm) kvadratga toʻgʻri keladigan nuqtalar soni. Masalan, 200 dpi da 1 mm ga 8 nuqta toʻgʻri kelsa, 2400 dpi da 96 nuqta toʻgʻri keladi. Koʻpchilik GAT loyihalarida skanerlash 400 – 900 dpi (16 – 40 nuqta 1 mm da) orasida bajariladi. Skaner turi va talab qilingan sifat tiniqligiga qarab kartani skanerlash jarayoni 30 sekunddan to 30 minutgacha davom etishi mumkin.
Maxsus skanerlar turli oʻlchamdagi kartalarni skanerlashga moʻljallangan va hozirda bu sohada A1 formatli kartalarni skanerlab, raqamli koʻrinishga keltiruvchi maxsus skanerlar keng qoʻllanilmoqda (5.15-rasm). Skanerlar planshetli (flatbed scanner), barabanli (drum scanner), gʻildirakli (sheetfeed scanner) va qoʻl yordamida boshqariluvchi (handheld scanner) turlariga boʻlinadi. Oxirgi turdagi skanerlarning skanerlash formati chegaralangan. Shu bilan birga skanerlar aero - va kosmik apparatlarda oʻrnatilib, yerning ustki qismini tasvirga olishda ham qoʻllaniladi.

Download 9,82 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   142




Download 9,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

Download 9,82 Mb.