|
Raqamli kartalarni loyihalash tamoyillari
|
bet | 82/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi
Geoaxborot tizimida dastur oʻrnatishdan oldin barcha ishlar rejalashtirilib, bir tizimga keltirib olinishi zarur. Har bir geoaxborot tizimining boshlangʻich oʻrnatish bosqichlari asosan 3 boʻlimga: rejalashtirish, tahlil va amalga oshirishga boʻlinadi va bu boʻlimlar ichida yana bir necha bosqichli ishlar amalga oshiriladi. Quyida bu bosqichlar toʻgʻrisida batafsil ma’lumot beramiz (5.13-rasm).
5.13-rasm. GATni boshqarish bosqichlari (Manba: Muallif)
Rejalashtirish.
bosqich. Rejaning taklifi: maqsad va vazifalar, asoslangan taklif, mos tizim koʻrsatkichlari, ma’lumotlar bazasi, budjet, jadvallar birinchi navbatda ishlab chiqiladi.
bosqich. Rejani koʻrib chiqish: geoaxborot tizimi loyihasi sohaga aloqador va mutasaddi tashkilotlarga koʻrsatilib, tushuntirilib, kerakli ruxsat va oʻzgartirishlar olinadi.
bosqich. Rejani tasdiqlash: geoaxborot tizimining qonun-qoidalariga asoslanib, loyiha javobgar katta boshqaruvchi tomonidan tasdiqlanishi zarur.
bosqich. Loyiha jamoasini tuzish: loyiha oldiga qoʻygan maqsadlarini amalga oshirish uchun mos mutaxassislarni jalb qilishi zarur.
Tahlil.
bosqich. Texnik-iqtisodiy izlanish (TEO): mutaxassislar tomonidan kelgusida loyihani amalga oshirish uchun loyihalanayotgan obyektning hozirgi holati, texnik-iqtisodiy koʻrsatkichi va sharoiti oʻrganilib, hisobot shaklida yoziladi. Bu hisobotning qanchalik darajada toʻgʻriligi kelgusida ishlarning qanday olib borilishiga katta ta’sir koʻrsatadi.
bosqich. Boshlangʻich loyihani tasdiqlash: loyiha budjetiga asoslanib, boshlangʻich loyiha tasdiqlanishi zarur.
bosqich. Texnik koʻrsatkichlarni hisoblash: dasturiy ta’minot, ishlatiladigan qurilma va ma’lumotlar bazasi uchun texnik koʻrsatkichlar hisoblanadi va oʻrganiladi.
bosqich. Dasturni tanlash: dasturni ishlab chiqaruvchi kompaniya va mos dastur tanlanadi.
|
| |