|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 78/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi Kartani taqqoslash
Kartani taqqoslash usuli kartada tasvirlangan turli mavzuli ma’lumot yoki doimiy ma’lumot oʻrtasidagi bogʻliqlikni ajratishga yordam beradi. Fazoviy ma’lumotlarning taxminiy vositalarini rivojlantirishda asosiy vazifa kartani taqqoslash zimmasidadir. Kartani taqqoslash ikki yoki undan ortiq kartalar orasidagi oʻxshashlik yoki farqni topish uchun qoʻllaniladi.
Kartalar inson tarafidan vizual yoki kompyuter tomonidan raqamli tarzda koʻrinishi mumkin. Inson tarafidan vizual taqqoslaganda inson intuitsiyasiga tayangan holda turli farq yoki oʻxshashliklarni topishi mumkin.
5.4-rasm. Qayta tasniflashga misollar (Manba: Bxatta, 2008)
5.5-rasm. Asl kartaning tasniflash va qayta tasniflashdan keyingi koʻrinishi
(Маnbа: Bxatta, 2008)
Lekin farqni ajrata olish turli insonlarda turlicha boʻlishi mumkin. Shuning uchun ham bu usul orqali aniq oʻxshashlik yoki farqni topish qiyin.
Dastur orqali matematik tarzda kartani taqqoslash ba’zi oʻxshashlik mezonlarini baholay olishi, lekin qolgan oʻxshashliklarni aniqlay olmasligi ham mumkin. Umuman olganda, dastur orqali taqqoslash oʻzi mustaqil ish olib bormay, balki berilgan mezonlar orqali ish bajaradi. Inson tarafidan kuzatish orqali adashish mumkin (5.6-rasm), lekin dasturga mos mezonlar kiritilib qoʻyilsa va ma’lum bir usul yaratilsa, u holda dastur kartani avtomatik tarzda taqqoslaydi va bu usul eng ma’quli hisoblanadi.
Geoaxborot tizimida atribut ma’lumotni tasvirlash va statistik tahlil uchun keng qoʻllaniladigan usullardan biri bu grafik orqali tasvirlashdir. Koʻpincha statistik grafiklar turli xil grafiklar, jumladan qator, ustun, boʻlaklar, chiziqlar orqali tasvirlanishi mumkin boʻlgan sinf va miqdorga bogʻliq boʻladi (5.7-rasm). Agar ma’lumot oʻzida hozirgi prognoz qilingan qiymatlarni saqlasa, radar axborotni tasvirlash uchun grafik va diagrammalar qoʻllaniladi.
5.7-rasm. Ikki rastrli kartani katakchalar orqali avtomatik qiyoslash (Manba: Bxatta, 2008)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|