|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 77/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi Tasniflash
Ma’lumot va karta xususiyatlar (belgilar)ni tasniflash va tasnif raqamlarini berish orqali toʻplanadi. Mavzuli kartalar koʻpincha karta xususiyatlarini tasniflash orqali hosil qilinadi (5.1 va 5.2-rasmlar). Masalan, biz shahar ichidagi
barcha koʻchalarni kengligiga qarab tasniflashimiz va mavzuli karta hosil qilishimiz mumkin. Bunda turli tasniflar turli ranglar, tuslar, matnlar orqali tasvirlanadi. Tasniflash quyidagicha bajarilishi mumkin:
Generalizatsiya (umumlashtirish) – karta xususiyatlari (belgilari)ni maxsus tasniflarga koʻra tasvirlashdir. Generalizatsiya natijasida tafsilotlar masshtabi kamayadi, chunki bunda mayda tafsilotlar umumlashtirishga qaratiladi. Darajalash (ranking) – karta xususiyatlarini atribut yoki jadval ma’lumotlarini baholash orqali tasvirlash. Belgilash – belgilangan xususiyatlarni yorqinlashtirishdir.
5.1-rasm. Yoʻl kengligi asosida tasniflash (Manba: Bxatta, 2008)
Ushbu rasmda yuqorida ta’kidlab oʻtilgan uch tasniflash usuliga misollar keltirilgan.
5.2-rasm. Bir ma’lumotga qoʻllanilgan turli xil tasniflash
(Manba: Bxatta, 2008)
Qayta tasniflash – bu tasniflangan mavzuli kartalarni qayta tasniflash deganidir. Bu usul atribut yoki boshqa turdagi ma’lumot kiritilganda va foydalanuvchining soʻrovi koʻpayganda qoʻllaniladi (5.3-rasm). Qayta tasniflash ham yuqoridagi tasniflash kabi 3 usul orqali amalga oshiriladi va ular ham generalizatsiya, darajalash va qayta belgilashlardan iborat. Bu 3 usul oldingi usullarni yana bir marta bajarishga qaratilgan.
5.3-rasm. Tuman kartasini qayta tasniflash orqali viloyat kartasini hosil qilish
(Manba: Bxatta, 2008)
Tasniflash va qayta tasniflash orasidagi farq shundan iboratki, tasniflashda kartadagi xususiyatlar ularning tasnifiga qarab tasvirlansa, qayta tasniflashda esa yangi ma’lumot qatlami karta xususiyatlari tasnifiga asoslangan holda yaratiladi. Bunda yangi qatlamda bir xil sinfdagi maydonlar chegaralari birlashtiriladi (5.4- rasm). Bizga berilgan asl kartaning tasniflash va qayta tasniflashdan keyingi koʻrinishiga nazar soladigan boʻlsak, u holda asl kartaning umumiylashib borishini kuzatishimiz mumkin bo’ladi (5.5- rasm).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|