7-ma’ruza Noelektr va elektr kattaliklarning datchiklari




Download 189,97 Kb.
bet1/3
Sana30.01.2024
Hajmi189,97 Kb.
#148825
  1   2   3
Bog'liq
7-ma\'ruza


7-ma’ruza
Noelektr va elektr kattaliklarning datchiklari
Avtomatik boshqaruvning uzluksiz sistemalari bilan bir qatorda diskret sistemalar ko’proq tarqalmoqda. Diskret sistemalarda kirish kattaligining bitta (kichik) zvenosida bo’lsa ham chiqish kattaligi uzluksiz emas, balki diskret (uzlukli) o’zgaradi. Uzluksiz kattalikning diskret (uzlukli, sakrab o’zgaradigan) kattalikka o’zgarishi kvantlanish (ruscha kvantovanie) deyiladi. Kvantlanish usuliga bog’liq holda diskret sistemalar impulьsli, releli va raqamli turlarga bo’linadi. Impulьsli sistemalarda kvantlash vaqt bo’yicha amalga oshiriladi ─ ya’ni baravar vaqt oraliqlari orqali uzluksiz kattalikning qiymati belgilanadi va impulьs ko’rinishida uzatiladi. Releli sistemalarda kvantlash sathlar bo’yicha amalga oshiriladi, ya’ni kirish signali ma’lum aniq bir sathga yetganida chiqish signali diskret (sakrab) o’zgaradi va kirish signali boshqa ma’lum aniq bir sathga yetmaguncha o’zgarmasdan qolaveradi. Raqamli sistemalarda kvantlanish bir vaqtning o’zida ham vaqt bo’yicha va ham sath bo’yicha amalga oshiriladi.

Impulьs sistemalari impulьs elementi va uzluksiz qismning birgalikdagi majmui (sovokupnostь) sifatida qaralishi mumkin. 1-rasmda impulьs elementi tomonidan vaqt bo’yicha kvantlash jarayoni izohlanadi.
Qat’iy aniq vaqtlar momentlarida chiqish signali (1-rasm a) impulьs ko’rinishida uzatiladi. Soddalashtirish uchun faqat to’g’riburchakli impulьslarni ko’rib chiqamiz (1-rasm b). Ular T davr bilan navbatlashadi. Demak, signal faqat O, T, 2T, 3T, ..., nT, bunda n = 0, 1, 2, … Shuning uchun impulьs signalining vaqtga bog’liqligini x[nT] shaklida belgilash mumkin. Signalning bunday diskret uzatilishi uzluksiz uzatish oldida qator ustunliklarga ega, bu esa diskret sistemaning tarqalishini izohlashi tushunarlidir.
Boshqariladigan kattalikni o’lchash jarayoni yaxshilanadi, chunki ob’ekt o’lchov elementi bilan faqat qisqa vaqt oraliqlaridagina yuklanadi. 2-rasmda potentsiometr 1-dan tuzilgan impulьsli o’lchov elementining tuzilish sxemasi ko’rsatilgan. Potentsiometrning harakatlanuvchi qismi 2 (ruschasiga dvijok).

2-rasm. Bosimni o’lchovchi impulьsli datchik
Dvijok 2-ning shu qismga tortgich orqali bog’langan silьfon 3-ning bosimi bilan aniqlanadi. Prujina 5-ga mahkamlab osilgan yiqiluvchi yoycha (dujka) 4 o’zgarmas tezlik bilan aylanuvchi ekstsentrik (kulachok) 6 ta’sirida dvijok 2-ni potentsiometr 1-ga davriy ravishda qapishtiradi. Chiqish kuchlanishi Uvыx o’zgarmas davomlilikdagi to’g’riburchakli impulьslar ketma-ketligini tashkil etadi. Har bir impulьsning amplitudasi dvijok 2-ning potentsiometr chulg’ami o’rta nuqtasidan chetlanishiga proportsional bo’ladi. Potentsiometrik datchikning ishonchli ishlashi uchun dvijok bilan chulg’amning yaxshi kontaktda bo’lishi talab etiladi. Yaxshi kontakt uchun esa yetarli bosim bo’lishi kerak.
Impulьs elementi sifatida ko’pincha «elektron kalit» deb ataluvchi yarim o’tkazgichli qurilmalar ishlatiladi, xuddi shu qurilmalar diskret sxemalarda elektron kommutatsiyani ta’minlaydi.

Download 189,97 Kb.
  1   2   3




Download 189,97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7-ma’ruza Noelektr va elektr kattaliklarning datchiklari

Download 189,97 Kb.