• Vaqt relelari uchun umumiy talablar
  • Kontrollerlar .
  • Nazorat savollari
  • 7-ma’ruza Noelektr va elektr kattaliklarning datchiklari




    Download 189,97 Kb.
    bet3/3
    Sana30.01.2024
    Hajmi189,97 Kb.
    #148825
    1   2   3
    Bog'liq
    7-ma\'ruza

    Impulьsli generatorlar. Impulьs texnikasida to’g’riburchakli kuchlanish impulьslari generatsiyalash kerak bo’ladi. Impulьslarning talab qilinadigan parametrlari ─ amplitudasi, davomliligi, takrorlanish chastotasi va boshqalar. Bunday maqsadlar uchun ishlatiladigan mulьtivibratorlar sinusoidal tebranishlar generatorlari kabi o’z-o’zidan qo’zg’aluvchi rejimda ishlaydi. Impulьsli signallar shakllantirish uchun mulьtivibratorga tashqi ta’sir (masalan kirish signallari)ning keragi yo’q. Kuchlanish impulьslarining olinishi o’zgarmas tok manbai energiyasining o’zgarishiga asoslangan.
    Mulьtivibrator ko’p hollarda impulьsli va raqamli ishlaydigan keyingi (navbatdagi) uzellar va bloklar uchun ishga tushiruvchi kirish signallarini shakllantiradigan yetakchi (vazifalovchi) generator funktsiyasini bajaradi.
    Mulьtivibratorlar keng chastota spektriga ega bo’lgan deyarli to’g’riburchakli impulьslar ishlab chiqaradi. Mulьtivibratorlar sxemalari musbat teskari bog’lanishli kuchaytirgichlarda quriladi va shakllantiruvchi RC zanjirlardan tuziladi. Ularda aktiv elementlar sifatida tranzistorlardan foydalaniladi.
    Mulьtivibratorlar alohida (diskretli) elementlarda ham, integral mikrosxemalar ko’rinishida ham ishlab chiqariladi.
    Taymerlar. Himoya va avtomatika sxemalarida ikkita yoki bir necha apparatlarning ishlab ketishlari orasida ko’pincha vaqtni cho’zish kerak bo’ladi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ham operatsiyalarning aniq bir vaqtli ketma-ketligini ta’minlash zarur bo’ladi. Vaqt cho’zilishini yaratish uchun vaqt relesi deyiladigan elektr apparatlar xizmat qiladi.
    Vaqt relelari uchun umumiy talablar:
    ─ oziqlantirish kuchlanishi va chastotasining, atrof-muhit haroratining o’zgarish tebranishlarida va boshqa faktorlar ta’sir qilganda belgilanadigan vaqt cho’zilishining stabilligi.
    ─ iste’mol quvvatining, massa va gabaritlarning kichikligi.
    Kontrollerlar. Mikrokontroller yoki shunchaki kontroller ─ bu konstruktiv jihatdan plata ko’rinishida tayyorlangan mikroprotsessor komplekti. O’zining mo’ljallanishiga qarab, kontaktli kontrollerga o’xshaydi, ya’ni valning aniq biror holatida rostlanuvchi kulachokli komandokontrollerda kulachoklarning sozlanishi (rostlanishi)ga bog’liq holda chiqish kontaktlarining kommutatsiyalanishi amalga oshiriladi. Kontroller dasturi kulachoklarni qayta o’rnatish bilan almashtirish mumkin.
    Mikrokontrollerlar qat’iy o’zgarmas dasturli va o’zgaruvchan dasturli mikrokontrollerlarga farqlanadi. O’zgaruvchan dasturli mikrokontroller kirish signallarini doimiy xotira qurilmasiga kiritilgan dastur bo’yicha ishlov beradi va chiqish signali beradi. Doimiy xotira qurilmasidagi dastur o’zgarganda bajarilayotgan topshiriqning ham o’zgarishi yuz beradi.
    Mikroprotsessor sistemasida yuritmani boshqarish, o’lchash va boshqa maqsadlarda ishlov berish uchun mikroprotsessor sistemasining uzelidan foydalaniladigan mikroprotsessor komplektining katta integral sxemasini o’z ichiga oladi. Agar sistemada bir nechta mikroprotsessor foydalanilayotgan bo’lsa, unda sistema mulьtimikroprotsessorli sistema deyiladi.
    Nazorat savollari:
    1. Schyotchiklar qanday ishlaydi?
    2. Shifratorlar, deshifratorlar nima?
    3. Impulьsli generatorlarni ayting.
    4. Taymerlar nima?
    5. Kontrollerlar (mikrokontrollerlar) qanday ishlaydi?
    Download 189,97 Kb.
    1   2   3




    Download 189,97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-ma’ruza Noelektr va elektr kattaliklarning datchiklari

    Download 189,97 Kb.