• Sathlar kesishuvi ( Intersection) tahlili
  • Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




    Download 9,82 Mb.
    bet74/142
    Sana21.12.2023
    Hajmi9,82 Mb.
    #126251
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   142
    Bog'liq
    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

    Suv ayirish (Watershed) tahlili. Bizga ma’lumki, daryolar yoki boshqa suv havzalari asosan kichik-kichik suv oʻtkazuvchi kanallar, ariqlar yoki irmoqlardan hosil boʻladi. Bu tahlilda asosan daryo yoki boshqa suv havzasini tashkil etgan irmoqlarning boshlanishidan to daryoga borib qoʻshilguniga qadar qamrab olgan maydon, soʻngra barcha irmoqlar hisobga olingan holda tasvirlanadi.




    4.33-rasm. Suv ayirish tahlili (Manba: Bxatta, 2008)

    4.33-rasmdan koʻrinib turibdiki, daryoga yetib borguncha kichik irmoqlar katta irmoqlarga, ular oʻz navbatida, oʻzidan kattaroq irmoqlarga qoʻshilib boradi. Suv ayirish tahlilida suvning oqimi va yoʻnalishining harakati dasturlanib tahlil qilinadi. Ushbu tahliliy jarayon suv oqimini hisoblash, suvlarning barcha hududlarga yetib borishi, suv resurslarining sifati va monitoringini yuritishda, shuningdek, regional koʻlamda ekotizim monitoringini yuritishda keng qoʻllaniladi.


    Sathlar kesishuvi (Intersection) tahlili. Bu tahlil berilgan ikki yuzadagi maydon va oʻzgarishlar hajmini umumlashtirib beradi va quyidagicha bajariladi: bizga kerakli boʻlgan joy 2 xil vaqtda tasvirga olinadi va ustma-ust qoʻyiladi. Ustma-ust qoʻyish orqali 1-surat olingandan boshlab 2-surat paytigacha boʻlgan oʻzgarishlar hisoblanadi va tahlil qilinadi. Suratni 2 xil vaqtda olish davriyligi foydalanuvchining maqsadiga qarab belgilanadi. Ya’ni, agar foydalanuvchi arxeolog boʻlsa, unga ikki vaqt oraligʻi juda uzun boʻlishi, agar shaharsozlik mutaxassisi boʻlsa, qisqa boʻlishi yetarli boʻladi (4.34-rasm). Pastdagi rasmda koʻrib turganingizdek, turli yillardagi tepaliklar yemirilishga ulgurgan va
    chuqurlik yemirilgan togʻ choʻkindilari bilan toʻlgan. Masalan, biror joy tekislanishi kerak boʻlsa (albatta, katta maydonlar), biz ish qilinishidan oldingi va keyingi tasvirlarni qoʻyish orqali osongina ish qay darajada bajarilganligini koʻramiz. Ishning hajmini esa bizga tahliliy hisoblar yetkazib beradi.




    4.34-rasm. Sathlar kesishuvi orqali eroziya va choʻkindilarni tahlil qilish (Manba: Bxatta, 2008)

    Download 9,82 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   142




    Download 9,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

    Download 9,82 Mb.