|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 72/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biKontur gorizontallar bu bir xil qiymatdagi nuqtalarni birlashtiruvchi chiziqlardir. Ya’ni, agar nuqtalar bir xil balandlikda boʻlsa va bu nuqtalar gorizontallar yordamida birlashtirilsa, gorizontallarning joylashuvi balandlikning
qay tarzda oʻzgarishini koʻrsatadi. Gorizontallar bir xil balandlikdagi yuzalarni topishda juda qulaydir. Bundan tashqari, bu gorizontallar orqali relyefning joylashuvi va yer yuzasidagi qiyaliklarning tarqalishini koʻrish mumkin. GATda yer yuzasi sathini tahlil qilishda maxsus dasturlar avtomatik ravishda bir xil qiymatdagi qiyaliklarni birlashtiradi. Biz bunday operatsiyani bevosita dasturga kiritib qoʻyib ishlatishimiz yoki GAT dasturidagi buyruqlar tablosi (panel)dan tanlab kiritishimiz mumkin. Bu operatsiya yordamida vektor chiziqlar hosil boʻladi.
Qiyalik har bir katakdan olingan qiymatning qoʻshni katakchaga nisbatan maksimal oʻzgarish darajasining koeffitsiyentini koʻrsatadi. Bundan tashqari, agar masofa boʻyicha olib boriladigan boʻlsa, masofa oʻzgarishi bilan yer yuzasining oʻzgarishini foiz hisobida koʻrsatishi ham qiyalikka kiradi (4.28-rasm).
4.28-rasm. Qiyalik darajasi va foizini hisoblash (Manba: Bxatta, 2008)
Shu yerga qoʻyish kerak boʻlgan qiyalik qiymati qancha kichkina boʻlsa, yer yuzasi shunchalik tekis boʻladi yoki aksincha. Agar qiyalik bizga foiz hisobida koʻrsatilgan boʻlsa, 2 metr koʻtarilganda masofa 100 metr boʻlsa, u holda quyidagi formula orqali topiladi:
bu yerda Q – qiyalik, % da; a – balandlik yoki koʻtarilish, metrda; b – gorizontal yoki masofa, metrda.
Demak, bunday parametrli qiyalikning foizi 2 ga teng boʻladi. Qiyalikni bu tarzda hisoblash va tahlil qilish GATda modellashtirish jarayonida juda muhim- dir. Bunday qiyalik tahlilidan keyin bizga qiyaligi katta yoki kichik boʻlgan
yuzalar yanada aniqroq koʻrinishda va foydalanuvchilarga qiyaligi yuqori boʻlgan togʻli zonalarni koʻrsatib, xavfning oldini olishimiz mumkin boʻladi (4.29-rasm). Ushbu rasmda yer yuzasi tahlilidan keyin 3 xil qiyalik qiymatlari koʻrsatilgan.
4.29-rasm. Qiyalik darajasini koʻrsatuvchi rastr (Manba: Bxatta 2008)
Aspekt bu suratdagi har bir katak qiymatining qoʻshni katakka nisbatan maksimum oʻzgarishini pastga qarab yoʻnalgan chiziqlar orqali ifodalanishini koʻrsatadi. Geografiya fanida aspekt bu qiyalikning shimoldan soat mili yoʻnalishi boʻyicha yoʻnalishini koʻrsatadi. Aspekt tepalik va togʻli hududlarda joyning relyeflari va undagi xususiyatlarni koʻrsatishda muhim hisoblanadi (4.30- rasm).
4.30-rasm. Aspekt tahlili (Manba: Bxatta 2008)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|