Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




Download 9,82 Mb.
bet80/142
Sana21.12.2023
Hajmi9,82 Mb.
#126251
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   142
Bog'liq
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

Elektron karta koʻrinishida tasvirlash. Xalq xoʻjaligining avtomatlashgan boshqaruv tizimi, koʻplab muammolarning amaliy yechimlarini hisobotlar va axborotlar bilan ta’minlashda elektron kartalar GATning asosi boʻlib xizmat qiladi. Elektron kartalar dasturiy qabul qilingan kartalarni proyeksiyalash va shartli belgilar tizimi kabi texnik vositalar yordamida tasvirlangan hamda dasturiy boshqarish mumkin boʻlgan kartografik tasvirlar hisoblanadi. Bu turdagi kartalar raqamli karta yoki geoaxborot tizimining ma’lumotlar bazasiga asoslanib yaratiladi. Elektron kartalar tizimi masshtablarga, koordinatalar sistemasiga hamda tuzilishi va shartli belgilariga qarab umumlashtirilgan elektron kartalar toʻplamidan yaratiladi. U rastr va vektor shaklida boʻladi.
Elektron kartalar tizimi quyidagilardan tashkil topgan:

  1. Joyning raqamli modeli.

  2. Shartli belgilar tizimi.

  3. Aerokosmik rasmlar.

  4. Audio-video va matnli ma’lumotlar.

  5. Elektron kartalarni maxsus axborotlar bilan ekranda tasvirlovchi dastur vositasi.

Elektron kartalarning qogʻozli kartalardan asosiy ustunligi shundaki, elektron kartalar real vaqtda istalgan joy haqida xohlagan darajadagi aniqlik bilan ma’lumot bera oladi, unda maxsus axborotlar oson toʻgʻrilanadi, istalgancha nusxa bosma qilinadi.
Elektron kartalar quyidagicha tasniflanadi:

  1. Avtomatlashgan tizimda qoʻllanilishiga qarab:

    • avtomatlashgan boshqaruv tizimida qoʻllanilishi uchun (ABT);

    • xalq xoʻjaligidagi avtomatlashtirish tizimida qoʻllanilishi uchun.




  1. Maqsadiga qarab:

    • joyni va modellashgan operativ axborotlarni tasvirlash uchun;

    • alohida va jamoaviy foydalanuvchilarga bir vaqtning oʻzida tasvirlash uchun.

  2. Koʻrinishi va masshtabiga qarab:

    • shaharlarning elektron planlari masshtablari: 1:10 000, 1:25 000;

    • elektron topografik kartalar masshtablari: 1:25 000, 1:50 000, 1:100 000, 1:200 000, 1:1 000 000;

    • elektron aviatsion kartalar masshtablari: 1:500 000, 1:10 000 000, 1:20 000 000, 1:40 000 000.

    • elektron mavzuli kartalar.

  3. Axborotlarni namoyish etish usuliga qarab:

    • ikki oʻlchamli;

    • uch oʻlchamli;

    • toʻrt oʻlchamli (fazoviy-vaqtli) (X, Y, Z, T).

  4. Namoyish etish koʻrinishiga qarab:

    • vektor;

    • rastr.

Vektor format deganda kartografik axborotlarni yoʻnalishi va uzunligiga ega boʻlgan vektor koʻrinishida tasvirlash usuli tushuniladi.
Rastr format deganda esa kartografik ma’lumotlarni matritsa koʻrinishida tasvirlash tushuniladi.
Rastr – bu oʻzining koordinata sistemasiga va har biri oʻzaro bogʻlanmagan tavsifga ega boʻlgan kataklar jamlanmasidir. Vektor – bu bir-biri bilan bogʻlangan va oʻzaro ta’sir etadigan koordinatalar jamlanmasi hisoblanadi.
Fazoviy ma’lumotlarni rastr va vektor usulida tashkillashtirish tuzilmasiga geografik axborotlarni modellashtirishda mutlaqo farqli yondashiladi, lekin bir- birini toʻldiradi. Har ikkala shakl ham oʻz kamchiliklari va ustunliklariga ega.
Qidiruv maqsadiga qarab oʻrganilayotgan obyekt uchun tez va samarali
yechimlar chiqarish uchun u yoki bu tuzilma tanlanadi. Har ikkala tuzilma

birgalikda ishlatilishi mumkin, bunda rastrdan vektor modelga oʻtish algoritmidan yoki aksincha, vektordan rastrga oʻtish algoritmidan foydalaniladi.



5.11-rasm. Rastr format ustidan bajarilgan vektor amallar
(Manba: Internet)
Ma’lumotlarning vektor modeli barcha fazoviy rastr modellar ustidan tuziladi. Bular ma’lumotlarni saqlashni osonlashtiradi, tizim xotirasida kam joyni egallaydi va shu bilan birga vaqtni tejaydi. Obyektning vektor modeli nuqtalarni toʻgʻri chiziqlar, egri chiziqlar va siniq chiziqlar bilan bogʻlash usulida amalga oshiriladi. Maydonli obyektlar – areallar chiziqlar jamlanmasi orqali tuziladi (5.11-rasm).
Ma’lumotlarni rastr modellashtirish nisbatan oson boʻladi, bunda butun obyekt oʻzaro bogʻliq boʻlgan fazoviy katakchalarda tasvirlanadi. Obyektning rastr modelidagi har bir yacheyka oʻlchami boʻyicha bir xil, lekin tavsifi (rangi, zichligi) boyicha har xil boʻladi.
Agar vektor model u yoki bu obyekt qayerda joylashganligi haqida axborot bersa, rastr model hududning u yoki bu nuqtasida nima joylashganligi haqida axborot beradi. Bu rastr modelning asosiy ustunligi boʻlib, yuzaning uzluksiz tasvirlanishini koʻrsatadi. Rastr modelda ikki oʻlchamli fazoviy element – piksel ishlatiladi. Piksellarning birlashgan va tartiblangan jamlanmasi rastrni tashkil etadi, bu esa, oʻz navbatida, karta yoki geoobyekt modelini tasvirlaydi. Vektor model binar va kvazibinarga bogʻliq.


Elektron kartalarni (EK) tuzish jarayoni quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga
oladi:

  1. Kartografik axborotlarni raqamli shaklga avtomatlashgan holda uzatish.

  2. Raqamli kartografik axborotlarni shartli belgilash va EKlarni avtomatik tuzish.

  3. EK bilan ishlashda foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni boshqarish tizimini ishlab chiqish.

Topografik axborotlarni tasniflash. Topografik axborotlarni tasniflash obyektni kartografik axborotlardan foydalanishni avtomatlashtirish va 1:25000 – 1:1000000 masshtabli grafik kartalarda tasvirlash uchun xizmat qiladi. Axborotlar quyidagi 8 ta sinfga boʻlinadi:

    1. Mavzuli elementlar va planli, balandlik asoslari elementlari.

    2. Relyef.

    3. Gidrografik va gidrotexnik inshootlar.

    4. Aholi yashash punktlari.

    5. Ishlab chiqarish, qishloq xoʻjalik va madaniy-maishiy obyektlar.

    6. Yoʻllar.

    7. Oʻsimliklar.

    8. Chegaralar.

Qoʻshimcha sinflar kartalarda yozuvlar bilan koʻrsatiladi.

    1. Download 9,82 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   142




Download 9,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

Download 9,82 Mb.