|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 67/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi Maydon tahlili tamoyillari
Buferlash. Geoaxborot tizimidagi oʻzgartirishga bogʻliq operatsiyalardan eng muhimlaridan biri bu bufer operatsiyasidir. Kartada berilgan istalgan nuqta, chiziq yoki poligon kabi obyektlardan bufer operatsiyasi orqali yangi shakl yoki obyekt hosil qilinishi mumkin. Bunda oʻsha berilgan boshlangʻich obyekt (nuqta, chiziq, maydon) dan qancha masofada joylashganligini oʻzimiz maxsus buyruqlar orqali oʻlchamlar berishimiz mumkin. Umuman olganda, GATdagi har bir qoʻllanmada bufer, bufer zona, buferlash, bufer tahlili kabi tushunchalarga duch kelamiz. Xoʻsh, bu soʻzlarning zamirida qanday ma’no yotadi? Keling, bu haqda batafsilroq toʻxtalib, ta’riflar orqali tushunishga harakat qilamiz.
Bufer bu geografik qatlamda belgilangan shakldan ma’lum masofada va bir xil uzoqlashgan zonadir. Belgilangan obyekt yoki shakldan zona chegarasigacha uzoqlashish uzunligiga bufer masofasi deb ataladi. Buferlar belgilangan obyektga nisbatan doimiy (oʻzgarmas) va oʻzgaruvchan masofalarda qoʻyilishi ham mumkin. Bufer zona (sin. bufer) – bu bir-biridan teng masofada uzoqlashgan chiziqlarni hisoblash va qurish orqali hosil boʻlgan poligonal qatlamdir. Bufer zonalarini hisoblash va qurish jarayoni buferlash operatsiyasi orqali amalga oshiriladi.
Bufer tahlil. Bufer tahlil geografik belgini oʻrab turgan maydonni aniqlash uchun qoʻllaniladi. Bu jarayonda berilgan belgi atrofida bufer hosil qilinishi bilan dastlabki ish boshlanadi. Bundan soʻng oʻsha belgilar hosil qilingan buferlar chegarasining tashqarisida yoki ichkarisida joylashganligi aniqlanadi. Sodda qilib tushuntiradigan boʻlsak, bizga berilgan shakl, masalan, nuqta, chiziq va
poligonlar berilgan oʻlcham boʻyicha teng masofada kengayadi va nuqta doira, chiziq oval va poligon esa kattaroq poligon shakliga kiradi (4.20-rasm).
4.20-rasm. Nuqta, chiziq va poligonning buferlangan tasviri
(Manba: Internet)
Masalan, GAT yordamida zararli kimyoviy moddalar omboridan kimyoviy chiqindilarning tashqariga chiqib ketishi roʻy bersa, mazkur favqulodda vaziyat uning yaqinida joylashgan kasalxonaga qanchalik darajada va qancha vaqt oraligʻida ta’sir qilishi mumkinligini tahlil qilish mumkin. Bunda har bir omborda joylashgan kimyoviy modda joyi nuqta bilan belgilab olinadi va kimyoviy elementning kuchli va kuchsiz shamol boʻlgan paytidagi xususiyatiga qarab tarqalish tezligi toʻgʻrisidagi axborot kiritib qoʻyiladi va u buferlash operatsiyasiga bogʻlanadi. Shunda har bir nuqta kimyoviy element xususiyatiga qarab turlicha bufer zonalarini beradi. Demak, bu kartaga qarab agar favqulodda vaziyatlar boʻlib qolsa, qaysi kasalxonalarni birinchi navbatda evakuatsiya qilish kerakligini bilib olishimiz mumkin boʻladi (4.21-rasm).
Agar buferlashning ahamiyati toʻgʻrisida yana misol keltiradigan boʻlsak, oʻrmonchilik bilan shugʻullanuvchi kompaniya oʻzining berilgan yeridan 100 metr radiusda joylashgan daraxtlarni kesmoqchi. GATda kartada 100 metr berilgan radiusda bufer hosil qilinadi va kerak boʻlsa, tahlil ishlari bajariladi yoki doʻkon qurmoqchi boʻlgan firma qurilishi moʻljallangan yangi doʻkondan 4 km masofa radiusda qancha iste’molchilar mavjudligini bilmoqchi boʻlsa, bu buferlash orqali osongina amalga oshiriladi. Bu esa doʻkonning qanday potensial bilan ishlashi kerakligi toʻgʻrisida tushuncha beradi.
4.21-rasm. Buferlangan kimyoviy moddalar joylashgan ombor va kasalxona
(Manba: Internet)
Bufer operatsiyasining aniqligi mavjud fazoviy ma’lumotning sifatiga bogʻliq boʻladi. Bunday ma’lumotning sifatiga manba aniqligi, ya’ni kartalar va kosmik suratlar aniqligi ta’sir koʻrsatadi. Bundan tashqari, ma’lumot olish va ularni qayta ishlash jarayoni boʻlgan raqamlashtirish, suratlarni deshifrlash va kartalar koordinatalarini oʻzgartirish kabi jarayonlar ham sifatga sezilarli ta’sir koʻrsatishi mumkin. Buferlash operatsiyasini ham rastr, ham vektor formatdagi kartalarda amalga oshirish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|