|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 63/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biQamrab olish soʻrovi (Containment query). Bu fazoviy bogʻliqlik turida kartada ma’lum bir maydon ichidagi belgilar yoki obyektlar belgilanadi. Bunday obyektlarga nuqtali, chiziqli va poligonli turlarni kiritishimiz mumkin. Bu usulda biz bir qatlamdagi poligon asosida boshqa qatlamdagi xuddi shu obyekt ichidagi nuqtali, chiziqli yoki poligonli obyektlarni topishimiz mumkin.
Quyidagi rasmga koʻra, biz berilgan daryoning bor qismini oʻz ichiga olgan yer uchastkalarini topishimiz mumkin. Qaysi yer uchastkalari daryoning bir
qismini olishini bilganimizdan soʻng qaysi belgilangan hududlar oʻsha biz topgan yer uchastkasini oʻzida qamrab olishini topishimiz mumkin boʻladi.
4.15-rasm. Qamrab olish soʻrovi (Manba: Internet)
Qoʻshni belgilash soʻrovi (Adjacency query). Bu usulda belgilanayotgan obyektlarga qoʻshni yoki keyingi boʻlgan obyektlar belgilanadi. Uning yaqinlik (proximity) soʻrovidan farqi shundaki, bunda berilgan obyektga nisbatan belgilanayotgan yoki soʻralayotgan obyekt nol masofada joylashgan boʻladi. Bunda asosiy yoki tayanch obyektga nisbatan belgilanoyotgan obyekt unga ulanib, umumiy chegara yoki nuqtaga ega boʻladi.
Quyidagi rasmda koʻk rangda tayanch obyektimiz boʻlgan gipermarket va sariq rangdagi unga tutashgan boshqa tijorat yoki uy-joy binolari (a) hamda undan pastdagi rasmda qizil bu tayanch obyekt, sariq rangdagi soʻralgan yoki belgilangan obyekt (b) berilgan. Shuni yodda tutish kerakki, bunda obyektlar bir- birining ustiga ustma-ust (overlap) tushmaydi. Yana bir misol, bu kartada biror tuman belgilangan boʻlsa, qoʻshimcha unga qoʻshni boʻlgan tumanlar interaktiv yoʻl orqali belgilanadi.
4.16-rasm. Qoʻshni belgilash soʻrovi (Manba: Internet)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|