|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 62/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi Fazoviy soʻrov
Fazoviy ma’lumotlar asosida soʻrov (Spatial query) − bu kartadagi belgilar bilan izohlash orqali kartadan ma’lumot olish jarayonidir. GAT bunday soʻrov turlaridan bir qanchasini amalga oshirishi mumkin. Fazoviy ma’lumotlar asosida soʻrov, oʻz navbatida, uch turga boʻlinadi. Ular quyidagilardir:
Kursor orqali belgilash. Bu fazoviy ma’lumotlar asosida soʻrovning eng oddiy turidir. Masalan, tasvirlangan obyektlarning atributlarini koʻrsatish uchun grafik kursor yordamida belgilash yetarli boʻladi (bu obyektning ustiga sichqonchani olib borib, chap tugmani bosish yoki umumiy maydonni belgilash orqali bajariladi).
Grafik obyektlar orqali belgilash. Fazoviy ma’lumotlar asosida soʻrovning bu usuli grafik obyektlar (nuqta, chiziq, toʻgʻri burchak, aylana yoki poligon) ni kartadan xususiyatlarni belgilash uchun ishlatadi. Bunda kartadagi xususiyatlar grafik obyektlarning ichida va tashqarisida joylashgan yoki ular bilan kesishgan boʻlishi mumkin. Masalan, kartada chizilgan aylana ichidagi barcha maktablarni belgilash.
Fazoviy bogʻliqlik asosida belgilash. Bu soʻrov kartadagi belgi va xususiyatlarning boshqa belgi yoki xususiyatlarga nisbatan fazoviy hamda topologik bogʻliqligiga asoslanib belgilashda juda qulaydir. Belgilanayotgan xususiyat ayni kartada yoki boshqa-boshqa qatlamda joylashgan boʻlishi mumkin. Bu usulning oʻzi ham quyidagi turlarga ajraladi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|