• Y aqi n lik s o ʻ r ov i ( P r ox i m i ty
  • Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




    Download 9,82 Mb.
    bet64/142
    Sana21.12.2023
    Hajmi9,82 Mb.
    #126251
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   142
    Bog'liq
    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

    Kesishuv soʻrovi (Intersect query). Bu usul yordamida berilgan obyekt bilan kesishuvchi boshqa obyektlar belgilanadi. Masalan, bizga kerakli boʻlgan katta yoʻl bor va bu usul orqali shu katta yoʻlni kesib oʻtadigan shaharlar belgilanadi. Boshqa yana bir misol: bizga Sirdaryo daryosi kesib oʻtadigan davlatlar yoki ularning viloyatlarini belgilash berilgan. Quyidagi rasmda yoʻl faqat a va b hududlarni kesib oʻtgani uchun belgilandi va oʻz navbatida, c va d obyektlar qoldirildi.

    4.17-rasm. Kesishuv soʻrovi (Manba: Internet)
    Yaqinlik soʻrovi (Proximity query). Bu usul yordamida belgilanayotgan joy yoki obyektdan ma’lum masofada joylashgan (oʻsha masofa ichida) barcha obyektlar belgilanadi va ma’lumot olinadi. Bu soʻrov turi berilgan qatlamdagi siz
    belgilagan obyektdan ma’lum (berilgan) masofada yoki qoʻshni masofada boshqa


    (turini siz koʻrsatasiz) obyektlarni topishda qoʻllaniladi. Masalan, ushbu soʻrov orqali markaziy gipermarketdan 500 metr masofadagi boshqa doʻkonlar yoki uylarni belgilashingiz mumkin. Shuni yodda tutingki, bunda siz izlamoqchi boʻlgan obyektlar turli qatlamlarga ajratilgan yoki ma’lumotlar bazasida turli ID kodlar bilan kiritilgan boʻlishi kerak.
    4.18-rasm. Belgilangan gipermarketdan 500 metr masofadagi obyektlar
    (Manba: Internet)

    Masalan, bizga ma’lum boʻlgan koʻchaning har ikkala tarafidan 80 metr masofada joylashgan barcha uy-joy va doʻkonlarni belgilab, ular toʻgʻrisida ma’lumot beriladi. Buferlash operatsiyasi bunga yaqqol misol boʻla oladi. Buferlash ham, oʻz navbatida, bir qancha usullar orqali yaratiladi, lekin bunda nuqta, chiziq yoki maydonlar kabi obyektlar orqali bufer hosil qilish eng koʻp qoʻllaniladigan usullardir.


    Yuqorida keltirilgan soʻrovlarni bajarishdan koʻzlangan asosiy maqsad belgilangan obyektga nisbatan boshqa obyektlarni belgilab olish va ular toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni maxsus baza yoki jadvallardan olib, ular asosida turli tahliliy ishlar bajarish hamda qarorlar qabul qilishdan iboratdir.
    Fazoviy soʻrovlar yoki belgilashlarni bajarishda qatlam ustiga boshqa bir yoki bir nechta qatlamni ustma-ust qoʻyish orqali tahliliy ishlarni olib boramiz, ya’ni barchasining asosida qatlamlarni ustma-ust qoʻyish orqali belgilash usuli yotadi. Bu usulda birinchi qatlam belgilovchi qatlam va nishon qatlamlardan

    iborat boʻladi. Belgilovchi qatlamdagi obyektlar belgilash uchun xizmat qiladi va nishon qatlamdagi obyektlar belgilanadi. Misol uchun, siz maktabdan 2,5 km masofadagi roʻyxatga olingan hududlarni bilish uchun yaqinlik soʻrovini (proximity) bajarmoqchisiz. Bu misolimizda maktab belgilovchi qatlamda va roʻyxatga olingan hududlar qatlami esa nishon qatlamda joylashadi. Demak, pastdagi rasmda maktabdan 2,5 km masofadagi talabga javob bera oladigan, roʻyxatga olingan hududlar sariq rangda belgilangan.



    4.19-rasm. Qatlamlarni ustma- ust qoʻyish orqali belgilash (Manba: Internet)

      1. Download 9,82 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   142




    Download 9,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

    Download 9,82 Mb.