• Cheklash ( restrict ).
  • Loyihalash ( project ).
  • Mahsulot ( product ).
  • Atribut jadvallarni qayta ishlash operatorlari




    Download 9,82 Mb.
    bet57/142
    Sana21.12.2023
    Hajmi9,82 Mb.
    #126251
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   142
    Bog'liq
    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

    Atribut jadvallarni qayta ishlash operatorlari


    Geoaxborot tizimidagi atribut jadvallarni oʻzaro birlashtirish va ajratish kabi ishlarda relatsion algebra usullari qoʻllaniladi. Hozirda asosan 8 ta operatsiya qoʻllanilmoqda va ular quyidagilardan iborat:

    1. Cheklash (restrict).

    2. Loyihalash (project).

    3. Mahsulot (product).

    4. Boʻlish (divide).

    5. Birlashtirish (union).




    1. Kesishish (intersection).

    2. Farqlash (difference).

    3. Bogʻlash (join).

    Cheklash (restrict). Ushbu operatsiya yordamida berilgan parametrlar yoki oʻzgaruvchilar orqali ma’lumotlarni saralab olamiz. Masalan, quyida berilgan rasmda kiritilgan qaydlar (record) katta yoki ulkan oʻlchamga ega boʻlgan parametrlar orqali chegaralanadi va keyingi jadval faqat oʻsha parametrlarga ega boʻlgan jadval qatorlarini qoldirdi, ya’ni ikkinchi jadval faqatgina 1, 4, 6 va 2 - qatorlarni qoldirdi. Ushbu operatsiya umumiy yoki kompleks ravishda bajarilishi va birdan ortiq atributni qamrab olishi mumkin. Odatda, ushbu operatsiya qoʻllanilganidan soʻng jadvallardagi qatorlar soni kamaygan holda natija beradi.


    4.6-rasm.Cheklash operatsiyasiga misol. (Manba: Internet)
    Loyihalash (project). Bu operatsiya orqali jadvaldagi zaruriy ustunlar vertikal holatda tanlab olinadi va qolgan ustunlar olib tashlanadi. Masalan, berilgan jadval juda koʻp ma’lumotlarga ega boʻlib, bizga faqat bir nechtasi zarur boʻladi. Bizga tahliliy ishlarni bajarish uchun 2 yoki 3 ustundagi ma’lumotlar yetarli boʻladi. Mana shunday holatda bu operatsiya yordam beradi. Afzalligi shundaki, jadval bilan ishlayotganda kam ustunlar olinishi evaziga qayta ishlashga ketadigan vaqt kamayadi, joyni ham kam egallaydi hamda foydalanuvchi uchun izlash va koʻrish osonlashadi.





    4.7-rasm. Loyiha operatsiyasiga misol (Manba: Internet)
    Mahsulot (product). Ushbu operatsiya yordamida bir jadvaldagi barcha alohida qiymatlar ikkinchi jadvaldagi alohida qiymatlar bilan birlashtirilib, yagona katta jadvalni hosil qiladi. Bunda qiymatlar yagona qatorda yoki bir necha qatorda boʻlishi mumkin. Ushbu operatsiya jadvallarni birlashtirishdagi mumkin boʻlgan kombinatsiyalarni aniqlab beradi.


    4.8-rasm. Mahsulot operatsiyasiga misol (Manba: Internet)

    Download 9,82 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   142




    Download 9,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atribut jadvallarni qayta ishlash operatorlari

    Download 9,82 Mb.