Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




Download 9,82 Mb.
bet56/142
Sana21.12.2023
Hajmi9,82 Mb.
#126251
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   142
Bog'liq
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

Malumotlarning karta koʻrinishi. GAT barcha tafsilotlarga ega boʻlgan mukammal kartalar tizimi yigʻindisidir. Kartalar orqali yer sathining barcha xususiyatlari koʻrsatiladi. Bunday usulda yaratilgan kartalar orqali axborot olish, tahlil qilish va tahrir qilish kabi ishlar bajariladi. Bunday koʻrinish boshqacha nom bilan geotasvirlash yoki inglizcha geovisualization deb ataladi. Tizim orqali yaratilgan kartada bir vaqtning oʻzida joyning relyeflari, chegaraviy boʻlinganligi, maxsus diagrammalar, ranglar orqali belgilanishi va boshqa ma’lumotlar aks ettirilishi mumkin.

4.4-rasm. Ma’lumotlarning karta orqali koʻrinishi
(Manba: Internet)
Malumotlarning model koʻrinishi. GAT bu boshqa turdagi axborot va ma’lumotlarni oʻzgartirish qurilmalari yigʻindisiga ega boʻlgan tizim hamdir. Bunda mavjud ma’lumotlar yigʻindisidan yangi ma’lumotlar yigʻindisini tashkil qilish tushuniladi. Bunday jarayon boshqacha nom bilan geojarayonlash yoki inglizcha geoprocessing deb ataladi. Bunda geojarayonni tashkil qiluvchi mavjud ma’lumotlarni olib, ularni tahlil qiladi va hosil boʻlgan natijalarni yangi ma’lumotlar yigʻindisi shaklida yaratib, ma’lumotlar bazasida saqlaydi. Ushbu jarayonda geoaxborot tizimidagi maxsus dastur (ArcGIS) da ModelBuilder deb nomlanuvchi qismi boʻlib, unda foydalanuvchi mavjud ma’lumotlar toʻplami va maxsus asboblar (Arctoolbox) orqali algoritmlashgan model qurishi mumkin va

oʻz navbatida, undan hosil boʻlgan mahsulot (raqamli karta, ma’lumot toʻplami) yaratilishi mumkin. Shuning uchun geoaxborot tizimida modellashtirish va model tushunchalari mavjud.


Modellashtirish turli ma’lumot va asboblar (tools) orqali maxsus algoritmlarni yaratish boʻlsa, ular orqali hosil qilingan mahsulot model deb nomlanadi. Modellashtirish algoritmining qulaylik tarafi – tayyor algoritm foydalanuvchilar orasida almashinishi mumkin va bunda foydalanuvchi boshlangʻich ma’lumotlar toʻplami (raqamli surat, kosmik surat) ni oʻzgartiradi hamda olingan natijani taqqoslashi mumkin boʻladi. Bu jarayon ayniqsa ilmiy ishlarda juda koʻp ishlatiladi.


Modellashtirish algoritmi Hosil qilingan model


4.5-rasm.Ma’lumotlarning model koʻrinishi. (Manba: Internet)



    1. Download 9,82 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   142




Download 9,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

Download 9,82 Mb.