3-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Metallarni bosim bilan ishlashda turli shaklli va o’lchamli
zagotovkalar tayyorlashni o’rganish
Buyumni bosim bilan shtamp yordamida ishlab, uni shaklini o‘zgartirish operatsiyasiga
shtamplash deb ataladi. Shtampni tuzilishi va shakli olinadigan zagjtovkanikiga o‘xshagan
qolip misoli
bo‘ladi.
1-rasm. Yopiq shtamplash sxemasi
2-rasm.
Shtamplash
1.Yuqorigi shtamp;
2.Zagotovka;
3.Ostki shtamp;
4.Arayish;
5.Itargich.
Metal qoliplar. Shtamplar bir xil buyumlarni ko‘plab, seriyalab ishlab chiqarishda katta
ahamiyatga ega. Shtamplar qattiq va mustahkam legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi.
Shtamplarni
tayyorlash juda ko‘p vaqt va mablag‘ talab etadi. Lekin ko‘plab buyumlar shtamplab ishlab chiqarilganda
hamma harajatlar qoplanadi. Shtamplangan pokovkalar bolg‘alangan pokovkalardan arzon,
yuqori
unumli, o‘lchamlari aniq va tiniq bo‘ladi. Shtamplar ajralma qilib yasaladi. Shtampning yuqori bo‘lagi-
ustki shtamp deb, pastki bo‘lagi esa- pastki shtamp deb ataladi. Shtamplar
bilan yasalgan buyumlar
avtotraktorlar, q/x mashinalari,
samolyot, vagon va sanoatning juda ko‘p tarmoqlarida ishlatiladi.
Shtamplashda zagotovka uchun kerak bo‘lgan metalning aniq miqdorini aniqlash katta ahamiyatga ega.
Betni ko‘chirish yetarli miqdorda bo‘lmasa, shtamp bo‘shligi to‘lmaydi, ko‘p bo‘lsa metalni ortiqchasi
qolip bo‘shliqlar atrofida qalin arayishi hosil bo‘ladi. Bu arayishlarni keyinchalik
qirqish va tozalash
uchun ko‘p vaqt ketadi. Boshlang‘ich material sifatida sort prokati va davriy prokat profilidir.
Kerak bo‘lgan materialni quyidagi formula bilan topiladi.
Gb=Gpok+Gpr+Gkuy
G
b
-zagotovka uchun zarur bo‘lgan metal og‘irligi, kg;
G
pok
- pokovka og‘irligi, kg;