Shtamplash uchun mashinalar.Shtamplash molotlarida, shtamplash presslarida, gidravlik va friksion
presslarda, gorizont shtamplash mashinalarda shtamplash amalga oshiriladi. Issiqlayin hajmli
shtamplashning ochiq va yopiq turlari bo‘ladi. Ochiq shtamplarda shtampni kesimini chetki qirralari
bo‘yicha ariqcha qilinib, shtamplash vaqtida bosim hisobiga ortiqcha metall arayish bo‘lib chiqadi.
Yopiq shtamplashda metalni deformatsiyalanishi berk fazoda bajariladi.Metalni shtamplash natijasida
arayish chiqmaydi. Buyumlarni issiqlayin shtamplarni umumiy texnologik operatsiyalar quyidagicha:
Zagotovkani qirqish,
zagotovkani qizdirish
, shtamplash (agar zagotovka murakkab bo‘lsa, uni bir necha
marta shtamplab shtamp holiga keltiriladi). Aralashmani tozalash, termik ishlash kuyindidan tozalash,
kerak hollarda sovuqlayin kalibrlashdan iborat.Shtamplashni bir necha almashinuvchi operatsiyalarini
alohida shtamp ariqchalarida bajariladi. Misol, issiqlayin shtamplarida zagotovkani o‘lchamlari bolg‘alab
olingan pokovkanikidan aniqroq bo‘ladi. Qizdirib shtamplashda qizigan buyum yuzasidagi kuyindidan
tozalash kerak, aks holda kuyindi zarralari metall yuzasiga kirishi mumkin.
Sovuq holda hajmli shtamplash
Rangli metallar va qotishmalari hamda kam uglerodli po‘latdan shtamplash usuli bilan turli
detallar tayyorlanadi. Bunday shtamplashda buyum puxtalanib qoladi, uni mexanikaviy va fizikaviy
xususiyati yuqori tomonga o‘zgaradi.Sovuqlayin hajmli shtamplash yo‘li bilan uncha katta bo‘lmagan,
sodda pokovkalar, detallar tayyorlanadi.
Listli shtamplash. Yupqa devorli yassi tekis va fazoviy buyumlarni, list, lenta, metalmas materiallardan
tayyorlanadi.
Listli shtamplash- shtamplash mashinalarida, krivoship shtamplash presslarida bajariladi.
Qalinligi 0.15-4 mm gacha bo‘lgan listli material yupqa listli bo‘lib, sovuqlayin shtamplanadi.
Qalinligi 4-60 mm gacha bo‘lgan listlar qalin listli bo‘lib, yupqarog‘i sovuqlayin va qalinrog‘i esa
issiqlayin ishlanadi.
1. Listli shtamplashning asosiyafzalligi sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
2. Pishiq, yupqa devorli, sodda va murakkab shakldagi detal va buyumlarni oson olish mumkin. Bunday
detallarni boshqa usullar bilan olish juda qiyin yoki olib bo‘lmaydi.
3. Ish unumli katta, tejamkor va jarayonning soddaligi.
4. Bajarilayotgan operatsiyalarni to‘liq mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkin.
5. Listdan shtamplash yo‘li bilan velosiped, mototsikl, avtomobil, samolyot, vagon va soat detallari, metal
idishlar, har xil ramalar, yirik yupqa va qalin devorli detallar va hokazolar tayyorlanadi.
6. Listni shtamplash usuli bilan avtomobilning detallarini 75% i, ximiya apparatlarining detallarini 80% i va
metal idishlarning 95% i tayyorlanadi. Listli shtamplashda asosiy ishchi organ shtamp hisoblanib, u ham
ikki bo‘lakdan iborat. Listli shtampovka usuli bilan detal bitta operatsiya bilan yoki bir nechta birin-ketin
bajariladigan operatsiyalar bilan tayyorlanishi mumkin.
7. Listdan shtampovka qilish ishlarini ikki asosiy turga bo‘lish mumkin:
8. Listlarni bo‘lish ishlari, bu ishlarga listlarni ko‘ndalangiga, bo‘ylamasiga kesib polosa yoki lentalar
tayyorlash; polosa yoki lentalarni uchlarini turli shakllarga bo‘lgan bo‘laklarga bo‘lish.
9. Listlarni bo‘lish ishlari, bunda detal yoyilmasining andozasi katta listlar ustiga qo‘yilib, pichiladi.
4-rasm, b) Listlarni pichish.-rasm. a) Detal zagotovkasi bo’yicha listlarni pichish
Listli shtamplashda metaldan unumli foydalanib, zagotovkani chiqindi kam chiqadigan qilib pichish
zarur.
Listli shtamplashda metalldan foydalanish koeffitsiyenti quyidagi formula bilan topiladi:
,
K- metaldan foydalanish koeffitsiyenti;
Fq-detalni foydali maydoni, mm
2
;
F3-zagotovkani yuzi, mm
2
.
|