|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 50/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi bob. GEOFAZOVIY TAHLIL
Geofazoviy ma’lumotlar tahlili
GATda ma’lumotni geofazoviy ma’lumot deb atasak, birmuncha toʻgʻri boʻladi. Chunki bu tizimda asosan har bir nuqta va har bir chiziq oʻzining joylashuviga qarab turli koordinatalarga ega boʻladi hamda bu koordinatalar jamlanib, joy toʻgʻrisida umumiy tushuncha hosil qilinadi. Kelgusida esa u fazoviy tahlil va boshqa turdagi tahliliy ishlarga asos boʻlib xizmat qiladi. Geofazoviy ma’lumotlarning manbayi bu raqamlangan kartalar, aerofotosuratlar, kosmik suratlar, statistik jadvallar va GATga bogʻliq boʻlgan boshqa ma’lumotlar boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, geofazoviy ma’lumotlar bevosita syomka (GPS syomka, geodezik asboblar yordamidagi syomka) natijalaridan ham atribut ma’lumot sifatida olinishi mumkin. Oldingi boblarda aytilganidek, ma’lumot olishning yana bir qulay yoʻli bu ma’lumotni sotib olishdir. Geografik ma’lumotlarni olgandan soʻng bu ma’lumotlar oʻzaro bir-biriga ma’lumotlar bazasi orqali bogʻlanishi kerak. Bu esa, oʻz navbatida, kartadagi va bazadagi ma’lumotlarni bir-biriga bogʻlab, yagona va umumiy ma’lumot olish imkoniyatini beradi.
Fazoviy yoki geofazoviy tahlil bu modellashtirish, aniqlash va model natijalarini oʻzgartirish jarayonidir. Model tasvirlash va boshqarish mumkin boʻlgan raqamli formatning joy toʻgʻrisidagi haqiqiy tushunchasini namoyon qiladi. Fazoviy tahlil jarayoni moslikni aniqlash, baholash va prognozlash, oʻzgartirish va tushunish kabi ishlarda muhim sanaladi. GATning eng muhim vazifalaridan biri ham geofazoviy ma’lumotlar va ularning atributlarini qaror qabul qilish uchun tahlil qilishdir. Geofazoviy ma’lumotlar joy toʻgʻrisidagi haqiqiy axborotlarga ega boʻlish va ma’lumotlarni tahlil qilish hamda oʻzgartirish uchun qoʻllaniladi. Shuning uchun ham geofazoviy tahlil oddiy arifmetik amallardan mantiqiy model tahlillariga boʻlinadi.
Tahliliy imkoniyat GATning yutugʻi hisoblanadi. Fazoviy tahlil ishlarining
mavjudligi GATni boshqa axborot tizimlaridan farqlovchi muhim omillardan biridir. Boshqa axborot tizimlaridagidek ma’lumot olish yoʻllari bir xil boʻlsa-da,
tahliliy ishlar va unga ketadigan vaqt eng katta farqlovchi omil hisoblanadi. Geotahlil natijalari keyinchalik karta, hisobot, diagramma orqali tasvirlanib, foydalanuvchiga yetkaziladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|