|
Demak, GATda ikkita asosiy ma’lumotlar sinfi qoʽllaniladi: geografik va atribut ma’lumotlar. Ular orasida tizimda oʽzaro bogʽliqlik tashkil etilgan
|
bet | 39/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi Demak, GATda ikkita asosiy ma’lumotlar sinfi qoʽllaniladi: geografik va atribut ma’lumotlar. Ular orasida tizimda oʽzaro bogʽliqlik tashkil etilgan.
Atribut ma’lumotlar raqamli ma’lumotlar bazasidan yoki bosmaga chiqarilgan hisobot va kitoblardan ham olinishi mumkin. Bundan tashqari, atribut ma’lumotlarni turli xil soʻrovlar yordamida qayd qilib borib (anketa soʻrovnomalari tarzida joylardan olish, davriy kuzatuv orqali) ham yigʻish mumkin. Agar bunday atribut ma’lumotlar yigʻilsa, unda bu turdagi ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasiga kerak boʻlsa tahrirlab kiritish lozim.
Qogʻoz koʻrinishidagi atribut ma’lumotlarni skanerlash orqali ham olish mumkin. Bunda maxsus dasturlardan foydalaniladi yoki boʻlmasa qogʻozdagi ma’lumotlarni klaviatura yordamida qoʻlda terib chiqish ham mumkin. Atribut ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasining jadvallariga toʻgʻri kiritish bu GATning ma’lumotlar bazasi jarayoniga boʻlgan yuksak talablaridan biridir. Agar bunday xatoliklar mavjud boʻlsa, u holda ma’lumotlarni tahlil qiluvchi maxsus vositalar yordamida bartaraf etiladi. Bunday tahlil qiluvchi vositalarning xatolarni topish usullariga misollar keltirib oʻtamiz.
Agar faqat sonlardan iborat ma’lumot kiritilishi kerak boʻlgan qatorga harflardan iborat atribut ma’lumot kirib qolsa, bunday qarama-qarshilikni SQL deb nomlanuvchi maxsus dastur yordamida aniqlash va bartaraf qilish mumkin. Bunda SQL dasturi qatordagi barcha sonlarni yigʻib, qoʻshib chiqadi va agar natija chiqmasa, demak, unda harf ishtirok etgan boʻladi.
Bilamizki, Microsoft Excel dasturida ham bunday jarayonni kuzatish mumkin. Biroq barcha xatolarni bunday dastur va usullar orqali aniqlash mumkin emas. Shu sababli ham har bir ma’lumot iloji boricha mutaxassis tomonidan alohida tekshiriladi. Bunday tekshiruv, oʻz navbatida, juda katta samara beradi. Atribut ma’lumotlarning toʻgʻri yoki notoʻgʻri kiritilganligi ham avtomatik, ham vositasiz tekshiriladi.
Barcha GAT dasturlari atribut ma’lumotlarni yaratish, tahrir qilish va uni boshqarish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, bu dasturlardagi ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi kichik dasturlar ham shunday imkoniyatni beradi. Ayrim dasturlarda faqatgina ma’lumotlar bazasini boshqarish katta ahamiyat kasb etsa, ba’zi dasturlar ma’lumotlarning tahliliga katta e’tibor qaratadi. Shu sababli GATda ma’lumotlar bilan ishlayotganda oʻz maqsadingizga qarab dasturni tanlashingiz va ishlatishingiz kerak boʻladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Demak, GATda ikkita asosiy ma’lumotlar sinfi qoʽllaniladi: geografik va atribut ma’lumotlar. Ular orasida tizimda oʽzaro bogʽliqlik tashkil etilgan
|