|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 35/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biVektorlash. Vektor model koordinatali geometriya yordamida aniqlanadigan alohida nuqtalar, chiziqlar va maydonlardan tashkil topgan. Vektorlar bu grafik obyektlar hisoblanadi va aniq yoʻnalish, uzunlik hamda shakl boʻladi. Vektor formatdagi shakllarning eng sodda koʻrinishi sifatida koordinataga ega boʻlgan ikki (boshi va oxirgi) nuqtadan tashkil topgan chiziqni olishimiz mumkin. Agar ushbu chiziqlar bir nechta boʻlib, ketma-ket joylashgan uzilmas chiziqlar toʻplamidan iborat boʻlsa, unda bu shakl barchamizga ma’lum boʻlgan poligon koʻrinishda boʻladi. Bunda shaklni tashkil qiluvchi birinchi va oxirgi nuqtalar bir-biriga tengdir, ya’ni bu ikki nuqta bir-biriga oʻzaro ustma-ust tushadi.
GATda vektor formatdagi shakllardan alohida, ya’ni kartada juda koʻp obyektlar boʻlishi mumkin, lekin ularni alohida tasvirlash kerak boʻladi. Shunday vaqtlarda vektor chiziqlar yordamida tasvirlash birmuncha qulayliklar yaratadi. Bundan tashqari, vektor modellar orqali joyning relyefini tasvirlash ham juda qulaydir. Bunda davomiy chiziqlar yoki gorizontallar, TIN (Triangulatsiyalangan nomuntazam tarmoq) kontur chiziqlar va boshqa shakllardan foydalaniladi.
3.1-jadval
Rastr va vektor modellarning afzalliklari va kamchiliklari
Rastr model
|
Vektor model
|
afzalliklari:
oddiy ma’lumotlar strukturasi;
oson va samarali qatlamlashtirish;
masofadan zondlashning tasvirlash jarayoni bilan mosligi;
yuqori fazoviy jihatdan o’zgarishlar samarali ko’rsatiladi;
davomiy ma’lumotlarni tasvirlashning qulayligi.
kamchiliklari:
katta hajmdagi fayl;
alohida obyektlarni aniqlash imkoniyati yo’q, ya’ni barcha obyektlar nuqta yoki piksellar yordamida ifodalanadi;
topologik bog’lanishlarni qurish qiyin;
samarasiz proyeksiyalab o’zgartirish;
katta o’lchamdagi kvadratlardan foydalanganda axborot yo’qotilishi;
tahrir uchun qiyin.
|
afzalliklari:
kamchiliklari:
chigal ma’lumotlar strukturasi;
qatlamlar operatsiyasining qiyinligi;
yuqori fazoviy jihatdan o’zgarishlar noqulay ko’rsatiladi;
masofadan zondlash tasvirlash jarayoni bilan mos emas;
davomiy ma’lumotlarni tasvirlash bilan mos emas.
|
Rastr formatdagi fayllar odatda rastr grid axborotni saqlash uchun xizmat qiladi. Bunga misol qilib skanerlangan qogʻoz kartalar yoki aerofotosuratlarni, shuningdek, raqamli sun’iy yoʻldosh suratlarini ham keltirishimiz mumkin. Rastr fayl formatlar bir necha turda boʻlishi mumkin (3.2-jadval).
3.2-jadval
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|