Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




Download 9,82 Mb.
bet33/142
Sana21.12.2023
Hajmi9,82 Mb.
#126251
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   142
Bog'liq
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

Rastr ma’lumot tiniqligi. Rastr ma’lumotdagi katakchalar (cell) berilgan rastr ma’lumot modelining tiniqligini koʻrsatadi. Bizga berilgan ma’lumotga koʻra, tiniqlik 10 metrga teng boʻlsa, u holda katakcha yuzasini 100 m2 (10mx10m) deb qabul qilishimiz kerak. Agar bizga 30 metrli tiniqlikdagi ma’lumot berilsa, unda har bir katakcha joydagi 900 m2 joyni tasvirlagan boʻladi. Shuning uchun katakcha birligi qanchalik kichik boʻlsa, tiniqlik koʻrsatkichi yanada sifatliroq boʻladi, ya’ni 10 metrli tiniqlikdagi ma’lumot 30 metrli tiniqlikdagi ma’lumotdan ancha ravshanroq koʻrinadi. Shuning uchun iloji boricha tiniqlik birligi kichkina boʻlgan ma’lumot bizga joy haqida yanada aniqroq ma’lumot beradi.
Geoaxborot tizimida har bir rastr ma’lumot ma’lum bir oʻlchamga ega boʻlgan piksel(katakcha)ga ega va bu oʻlcham uning tiniqligini koʻrsatib beradi.


Agar siz kichik masshtabdagi rasmga qarasangiz, tasvir aniq koʻrinadi ( 3.3-rasm) va uni kattalashtirib borilsa, oxirida alohida-alohida ajralgan katakchalarni koʻrish mumkin (3.4-rasm).

3.3-rasm. Tiniqligi boʻyicha yuqoridan olingan kosmik tasvir
(Manba: Internet)

3.4-rasm. Kosmik tasvir yaqinlashtirilganda koʻrinadigan kvadratlar
(Manba: Internet)
Demak, yuqoridagi rasmdan koʻrinib turibdiki, har bir katakcha oʻzida ma’lum bir oʻlchamni va oʻz navbatida, ma’lumotni saqlaydi. Bu esa kompyuter xotirasidan joy olish demakdir. Geoaxborot tizimi va masofadan zondlashda tiniqlik tuchunchasiga alohida toʻxtalib oʻtishdan maqsad – faqat tiniqligi yuqori boʻlgan tasvirlar bilan ishlash kerak, degan farazdan uzoqlashishdir. Chunki ba’zi masalalarda, ya’ni regional yoki mamlakat masshtabidagi tahliliy ishlarni olib borishda bizga tiniqligi pastroq boʻlgan ma’lumotlar zarur boʻladi. Masalan, Google Earth kosmik suratlarini tiniqligi yuqori boʻlgan ma’lumot turiga kiritishimiz mumkin, chunki bunda tiniqlik oʻlchami 1 metrgacha borishi mumkin. Bu esa 1 m2 joyni koʻrishimiz mumkin deganidir. MODIS turkumidagi


ma’lumotlarda tiniqlik oʻlchami 250 metr boʻladi. Ammo 1 metrli tiniqlikdagi ma’lumotni oladigan boʻlsak, unda bizga kompyuter xotirasidan katta joy va uni qayta ishlash jarayonida koʻp vaqt talab etiladi (har bir katakchaga soʻrov amalga oshiriladi) hamda bu', oʻz navbatida, resurs va vaqt taqchilligiga olib kelishi mumkin. Vaholanki, bizga faqatgina regional masshtabdagi (masalan, Markaziy Osiyo) tahliliy ma’lumotlar zarur boʻladi. Shunday holatlarda tiniqligi past boʻlgan (250 m, 1 km) ma’lumotlar bilan ishlash bizga qulay boʻladi.



    1. Download 9,82 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   142




Download 9,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

Download 9,82 Mb.