Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




Download 9,82 Mb.
bet23/142
Sana21.12.2023
Hajmi9,82 Mb.
#126251
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   142
Bog'liq
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

WGS-84 (World Geodetic System, 1984) umumjahon datumi boʻlib, u geomarkazlashgan ellipsoidga asoslangan va parametrlari sun’iy yoʻldoshlar orqali aniq hisoblangan. Ushbu datum GPS va GNSS tizimlarida hamda AQSH hududi uchun asos boʻlib qoʻllaniladi. Ushbu datum boshqa nom bilan geomarkazlashgan datum deb ham yuritiladi va hozirgi kunda u geomarkazlashgan yagona datum hisoblanadi.
Pulkovo-42 (SK-42, Koordinata sistemasi, 1942) mahalliy datum turkumiga kiradi va Krasovskiy ellipsoidiga (1940) asoslangan boʻlib, MDH hududida, jumladan Oʻzbekistonda ham qoʻllaniladi.
PZ-90 (Yer parametrlari, 1990). Mazkur datum ham umumjahon yoki global datum turiga kiradi. Chunki hozirgi GNSS turkumida chiqarilayotgan tizimlar Rossiyaning GLONASS tizimida ham ishlaydi. Ushbu tizim asosan Rossiya Federatsiyasi hududida qoʻllaniladi.
NAD-27 (North American Datum, 1927) va NAD-83 (North American Datum, 1983) Shimoliy Amerika qit’asi uchun asos boʻlib xizmat qiladigan mahalliy datumlar hisoblanadi.


Yuqoridagilardan tashqari, Hindiston, Yaponiya, Yevropa hududlari uchun moʻljallangan datum mavjud boʻlib, oʻz navbatida, ular ham turli referens- ellipsoidlarga asoslanadi.


2.3-rasm. Mahalliy va umumjahon datumlari orasidagi farq (Manba: Internet)
Yuqoridagi rasmdan koʻrinib turibdiki, mahalliy datum Yerning shakliga ma’lum bir joylarda mos keladi, lekin uning markazi Yerning markazi bilan mos kelmaydi. WGS-84 datumi markazi esa aynan Yerning haqiqiy shaklining markazi bilan mos keladi.
Geodezik tizim yoki geodezik ma’lumotlar geodeziya va kartografiyada hamda sun’iy yoʻldoshlar navigatsiya tizimida obyektlarning yerdagi haqiqiy joylashuvini moslash uchun zarur boʻladi. Bunday tizimlarning zarurligi Yer shaklining nomukammal ellipsoid ekanligidan kelib chiqadi.
Mutaxassislar orasida Datum tushunchasi ma’lum geodezik tizimni aniqlash uchun qoʻllaniladigan qiymatlar yigʻindisi sifatida qaraladi. Oʻz navbatida, turli hududlar uchun aniq bir moslashgan datumlar qoʻllaniladi. Datumlar orasida koordinatalarning bir-biridan farqlanishi, ya’ni berilgan nuqtaning yer yuzasida turli joylashishi farqi datum siljishi (Datum shift) deb ataladi. Quyidagi rasmda ma’lum bir obyektning turli datumlarda yer yuzasida joylashishi koʻrsatilgan.





2.4- rasm. Turli datumlarning markazlashgan datumga nisbatan siljishi (Manba: Internet)
Berilgan ikki datum orasidagi datum siljishi bir joydan boshqa bir joyga nisbatan va bir mamlakat yoki hududga nisbatan oʻzgaradi va bu oʻzgarish Yerning markazi – 0 (nol) dan bir necha yuzlab metrgacha, ba’zida esa kilometrlargacha boʻlishi mumkin. Datumlar Yerning shakliga maksimal yaqinlashish uchun oʻz hududiga qarab turli birliklar va qiymatlarni qoʻllaydi. Quyidagi jadvalda geomarkazlashgan datumlar va ularning qiymatlari berilgan.
2.1-jadval

Download 9,82 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   142




Download 9,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

Download 9,82 Mb.