Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




Download 9,82 Mb.
bet25/142
Sana21.12.2023
Hajmi9,82 Mb.
#126251
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   142
Bog'liq
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

GATda koordinata sistemalari


Biror nuqtaning boshlangʻich deb qabul qilingan boshqa bir nuqtaga nisbatan joylashgan oʻrnini ifodalovchi miqdorlar shu nuqtaning koordinatasi deyiladi. Fan va texnikaning turli sohalarida xilma-xil koordinata sistemalaridan foydalaniladi. Geodeziyada asosan geografik koordinata, toʻgʻri burchakli koordinata, qutbiy koordinata sistemasidan foydalaniladi.
Geoaxborot tizimida masalalarni hal qilishda koordinata muhim rol oʻynaydi. Bunday masalalarga mos koordinata sistemasini aniqlash, geografik koordinatadan proyeksiyalangan koordinataga proyeksiyalash, proyeksiyalangan
koordinatalarni boshqa sistemalarga qayta proyeksiyalash kabilar kiradi.


Geoaxborot dasturlarida odatda bir koordinata sistemasidan boshqasiga oʻtkazish uchun zarur boʻladigan parametrlar oldindan kiritilgan boʻladi.
Yer sirtida nuqtalar va obyektlar oʻrnini pozitsiyalash uchun toʻgʻri burchakli (tekislikda ikki oʻlchamli va fazoda uch oʻlchamli) koordinata sistemalaridan foydalaniladi.
Ushbu koordinata sistemalarini quyidagi asosiy xususiyatlari boʻyicha tasniflash mumkin:

  • koordinata boshining joylashishi boʻyicha – geosentrik va toposentrik;

  • koordinata chiziqlari boʻyicha – tekislikda toʻgʻri burchakli va fazoda egri chiziqli (sferik – sharda, ellipsoidal – ellipsoidda);

  • vazifasi boʻyicha – Yulduz va Yer koordinata sistemalari.

Yuqorida aytilgan koordinata sistemalaridan koʻp qoʻllaniladigani geosentrik (geodezik) toʻgʻri burchakli fazoviy koordinata sistemalari (ular uch oʻlchamli) va ikki oʻlchamli tizimlardan yassi toʻgʻri burchakli Gauss-Kryuger koordinata sistemalari hisoblanadi.
Geosentrik koordinata sistemasida koordinatalar boshi sifatida umumiy yer ellipsoidi markazi (Yer massasining markazi) qabul qilingan va uning Z oʻqi Yerning aylanish oʻqi bilan birlashtirilgan. Ushbu sistema yer sirtining katta qismlarida yoki yerning har qanday shakliga bogʻliq geodezik masalalarni hal etishda qoʻllaniladi (masalan, kosmik geodeziyada).
Geografik koordinata sistemasida yer yuzidagi nuqtaning oʻrni uning geografik kengligi va uzoqligi bilan aniqlanadi. Yer yuzidagi nuqtaning geografik koordinatalari aniqlash usuliga qarab astronomik va geodezik koordinatalarga boʻlinadi.

Download 9,82 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   142




Download 9,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

Download 9,82 Mb.