Mamlakat bank tizimining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash masalalari




Download 230.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana24.09.2023
Hajmi230.47 Kb.
#83872
1   2   3
Bog'liq
5929-Article Text-11373-1-10-20230608
Raxmanova U, Сув тозалаш УМК (1), сейтмуратов байрамбай 2021 10 22 tayını, ELEKTROTENIKA HAM ELEKTRONIKA, kimyo, 1666731973, slaid jumis, Ayjamal kurs jumisi {}, Rengen[1], 1-Lekciya, A\'jinyaz Qosibay uli, O\'zbek tilining sohada qo\'llanishi.ppt, Gidroturbinalar, SARVINOZ ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИНГ МУЛКИЙ АСОСЛАРИ, Berdiyeva Durdona. Fitopreparat test
Keywords: economic stability, economic security, external and internal threats 
to the economic security of banking, indicators of the level of economic security of 
the banking system, the level of competition in the banking market, the level of 
quality of regulation and control of banking activities by the Central Bank, the level 
of capitalization of the banking system of the state, sustainability national currency, 
liquidity in the foreign exchange market 
 
KIRISH 
“Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida 
keyingi besh yillikda mamlakatimizda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur 
siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini yaratib berishga 
qaratilgan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot 
strategiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 
yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlandi. Ushbu taraqqiyot strategiyasida 
mamlakatdagi davlatning iqtisodiy xavfsizligiga katta e’tibor qaratilgandir. 
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi - davlat xavfsizligini ta'minlovchi iqtisodiyot 
tizimining alohida elementi hisoblanib, jamiyat va davlatni iqtisodiy sohadagi ichki, 
tashqi tahdidlar va xavflardan. insonni hayotiy ehtiyojlari va manfaatlarini himoya 
qilish tushuniladi. 
Milliy iqtisodiyotning samarali faoliyat yuritishini ta’minlashda bank sektori 
muhim o‘rin tutadi. Bank tizimi pul resurslarining katta qismini nazorat qiladi, 
ularning harakatini, taqsimlanishini va qayta taqsimlanishini ta'minlaydi, xo‘jalik 
yurituvchi sub'ektlar o‘rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarning paydo 
bo‘lishiga, uning rivojlanishiga yordam beradi. Bank tizimining asosiy funktsiyalarini 
lozim darajada bajarmaganligi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar o‘rtasidagi iqtisodiy 
aloqalarni buzadi va mamlakatning iqtisodiy va milliy xavfsizligiga asosiy 
tahdidlardan biri sifatida baholanadi. 
Umumiy ma’noda bank tizimining moliyaviy-iqtisodiy xavfsizligi - bu bank 
faoliyatining barqaror ishlashini ta’minlash uchun moliyaviy resurslardan eng 
samarali foydalanish, bank tizimi barqarorligiga ta’sir qiluvchi tahdidlarning oldini 
olish holati hisoblanadi. 
Bank tizimining iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning asosiy maqsadi - uning 
faoliyatining maksimal barqarorligiga erishish, shuningdek obyektiv va subyektiv 
tahdid omillaridan qat'iy nazar, bank tizimini rivojlantirish asoslari va istiqbollarini 
yaratishdir, kutilmagan moliyaviy holatlarning real sharoitida bu ayniqsa to‘g'ri 
hisoblanadi. Bank sektorining ko‘proq xavf-xatari bankning o‘z resurslari va 
daromadlarini yo‘qotishi yoki muayyan ishlarni amalga oshirish natijasida 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1464


qo‘shimcha xarajatlar kelib chiqishi, moliyaviy operatsiyalar bilan bog‘liqdir. Kredit 
va bank sektorining iqtisodiy xavfsizligiga tahdidlar xavfi xilma-xildir, biz ularni 
tashqi va ichki qismlarga bo‘lib, o‘rganishimiz mumkin. 
1-jadval 
Bank biznesining iqtisodiy xavfsizligiga tahdid turlari
1
Tashqi tahdidlar 
Ichki tahdidlar 
1.Mamlakatning 
iqtisodiy, 
siyosiy 
va 
ijtimoiy 
sohalaridagi o‘zgarishlaridan kelib chiqadigan tahdidlar. 
2.Noqulay bozor kon'yukturasi tufayli yuzaga keladigan 
tahdidlar 
3.Bank sektoridagi korrupsiyaviy holatlar bilan bog'liq 
tahdidlar. 
4.Global miqyosdagi jahon bozorlarini tebranishlari 
bilan bog'liq tahdidlar 
1.Banklarning o‘tkazilgan kredit siyosati riski bilan 
bog'liq tahdidlar 
2.Bank menejmentining past sifati tufayli yuzaga kelgan 
tahdidlar. 
3.Kredit tashkilotining likvidlilik faoliyatinin buzilishi 
bilan bog'liq tahdidlar 
4.Bank qonunchiligining buzilishi bilan bog'liq tahdidlar 
Bank tizimining iqtisodiy xavfsizligi darajasi quyidagilar bilan belgilanadi:(biz 
ularni ba’zi ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqamiz) 
1. Bank bozoridagi raqobat darajasi. 
Bu borada O‘zbekistonda qator ishlar amalga oshirilmoqda, hozirda 2023 yil 1 
may holatiga mamlakatimiz bank bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat 
banklarining soni 34 taga etdi, shundan 2 ta tijorat banki “APEX BANK” va 
“HAYOT BANK” aksiyadorlik jamiyatlari 2023 yil mart oyida faoliyat ko‘rsatish 
uchun lizensiyaga ega bo‘ldi. Bank ishi nazariyasining asosiy masalalaridan biri bank 
bozorining optimal tuzilishi hisoblanadi. Bank bozorini strukturalash mezonlari 
operatsiyalar ob'ektlari, mijozlar guruhlari, bank faoliyati geografiyasi, banklarning 
konsentratsiyalashuv darajasi va boshqalar bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 12 may 2020 yildagi 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan 
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” gi 
PF-5992-sonli Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida bank sektorini isloh 
qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida davlat ulushi mavjud tijorat banklarini 
kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot 
texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari 
paketini zarur tajriba va bilimga ega bo‘lgan investorlarga tanlov asosida sotish, 
shuningdek, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning o‘zida 
isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish belgilab berildi. 
2023 yilda davlat ulushi yuqori bo‘lgan yirik banklarni xususiylashtirish jarayonini 
mantiqiy yakuniga etkazish, xususan davlat ulushi mavjud banklar, Qishloq qurilish 
bank, Xalq banki, Mikrokreditbank, Aloqa bank, Agro bank va Milliy bankni 
aksiyalarini ommaviy ochiq savdolarga (IPO) olib chiqish hamda Evropa tiklanish va 
taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Asaka bankdagi transformatsiya jarayonlarining 
faol fazasiga o‘tish belgilab berildi. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, hozirda global 
1
file:///C:/Users/hp/Downloads/ekonomicheskaya-bezopasnost-bankovskoy-sistemy%20(1).pdf 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1465


darajada banklar sonining umumiy qisqarishi kuzatilmoqda va boshqa moliyaviy 
institutlarning soni va turi ko‘paymoqda. 
2. Markaziy bank tomonidan bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish 
sifatining darajasi. 
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi “O‘zbekiston Respublikasining 
Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida tashkil qilingan va doimiy 
ravishda faoliyat yurituvchi kollegial organ hisoblanadi. Ushbu Qo‘mita tomonidan 
ruxsat berish tartiboti yo‘nalishida banklar tomonidan kelishish uchun taqdim 
qilingan hujjatlarni, jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni 
ro‘yxatdan o‘tkazish, kredit tashkilotlarini litsenziyalash, davlat reestridan chiqarish 
va dastlabki ruxsat berish hamda to‘lov tashkilotlarini reestrga kiritish, shuningdek, 
vakolatxonani akkreditatsiya qilish va repo operatsiyasiga ruxsat berish bilan bog‘liq 
masalalar ko‘riladi. Moliyaviy holatni ko‘rib chiqish bo‘yicha esa, kredit 
tashkilotlarida prudensial me’yorlar talablarining bajarilishi yuzasidan masofaviy va 
joyida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari, xususan, banklar faoliyatida mavjud xatarlar 
bo‘yicha o‘tkazilgan tematik o‘rganishlar natijalari muhokama qilinadi.shu o‘rinda 
aytish joizki, prudensial normativlarga rioya etilmagani, moliyaviy yo‘qotishlarga 
qarshi zaxiralar yaratilmagani, moliyaviy holati to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lganligi, 
hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish orqali Markaziy bankka haqqoniy bo‘lmagan 
ma’lumotlar taqdim qilib kelinganligi sababli, Turkistonbank va Xay-tek banklardan 
bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya, qonunchilikda 
belgilangan muddatlarda o‘z faoliyatini boshlamagani uchun “International Eco Pay”, 
“Panda internet technology”, “Ugnis” kabi to‘lov tashkilotlaridan litsenziyalar 
chaqirib olindi. 
3. Davlat bank tizimining kapitallashuv darajasi. 
2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh 
qilish Strategiyasi doirasidagi ustuvor yo‘nalishlari sifatida banklarning kapitaliga 
qo‘yiladigan minimal talablarni oshirish hamda davlat ulushi mavjud banklarning 
kapitaliga zarur tajriba, bilim va nufuzga ega strategik xorijiy investorlarni jalb qilish 
belgilangan. 
2-jadval 
Bank tizimi jami kapitali monandlilik darajasi
2
Ko‘rsatkichlar nomi 
01.04.2022 
01.04.2023 
mlrd. so‘m 
ulushi, foizda 
mlrd. so‘m 
ulushi, foizda 
I darajali kapital 
65 465 
86,0% 
75 223 
85,8% 
Asosiy kapital
65 270 
85,7% 
75 185 
85,7% 
Qo‘shimcha kapital 
195 
0,3% 
38 
0,0% 
II darajali kapital 
10 677 
14,0% 
12 469 
14,2% 
Jami regulyativ kapital 
76 142 
100% 
87 692 
100% 
2
https://cbu.uz/upload/medialibrary/04f/xz40kvjhrad5rrk7otjgimsys6pbb5ud/Asosiy_yunalishlar_2022.pdf 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1466


Kapital monandlilik darajasi
17,6% 
17,2% 
I darajali kapital monandlilik darajasi 
15,2% 
14,8% 
Ushbu 
ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, mamlakatimizdagi tijorat 
banklarining kapitallashuv darajasi ortib bormoqda.2022 yilda tijorat banklarining 
asosiy kapitalining hajmi 65 trln. so‘mdan oshgan bo‘lsa, 2023 yilning aprel oyiga 
kelib, ushbu ko‘rsatkich 75 trln. so‘mdan oshgan. Bu esa, ijobiy holat hisoblanadi. 
4. Milliy valyutaning barqarorligi. 
Oldingi davrlarda valyuta siyosatidagi cheklovlar, aholining milliy valyutaga 
nisbatan ishonchsizligi, inflyasiyaning nisbatan yuqori darajasi, shuningdek, muqobil 
jamg‘arma instrumentlarining kamligi banklarda depozitlar dollarlashuv darajasining 
yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lgan. So‘nggi yillarda iqtisodiyotda nisbatan yuqori real 
foiz stavkalarining ta’minlanishi, milliy valyuta kursining barqarorligi va milliy 
valyutadagi depozitlar bo‘yicha banklar tomonidan taklif etilayotgan yuqori foiz 
stavkalari milliy valyutadagi depozitlarning ko‘payishiga xizmat qilmoqda. 
2023 yil davomida yalpi talabning susayishi va tartibga solinadigan narxlarning 
yuqori darajada oshirilmasligi iste’mol bozorlarida narxlar shakllanishiga 
pasaytiruvchi ta’sir ko‘rsatsa, fiskal rag‘batlantirish va tashqi omillar hisobiga 
valyuta kursiga bo‘ladigan bosimlar narxlarga oshiruvchi ta’sirlarni yuzaga keltirishi 
mumkin. Yuqoridagi omillarni inobatga olgan holda, bu yil inflyasiya darajasi 7-8 
foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. 
XULOSA 
Shu o‘rinda quyidagi xulosalarni shakllantirish mumkin. Bank tizimining 
iqtisodiy xavfsizligini yaxshilash uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga 
oshirilyapti, jumladan, Markaziy bank tomonidan bank muassasalari faoliyatini 
nazorat qilish sifatini oshirilmoqda va doimiy monitoring olib borilmoqda, inflyasion 
targetlash rejimining asosiy elementlaridan biri, bu pul-kredit sohasida qabul 
qilinayotgan qarorlarning ochiqligi va bu boradagi shaffoflikning ta’minlanmoqda. 
Samarali kommunikatsiya siyosatining ishlab chiqilishi va pul-kredit siyosati 
sohasida qabul qilinayotgan qarorlarning keng jamoatchilikka o‘z vaqtida va 
tushunarli tilda etkazilishi aholi va tadbirkorlik sub’ektlari inflyasion kutilmalarining 
shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Shuni ta’kidlash lozimki, ichki valyuta bozorida likvidlikni doimiy ta’minlash 
maqsadida mamlakatimizda Market-meykerlik instituti joriy etildi va ichki valyuta 
bozorida 2 ta tijorat banki market meyker sifatida faoliyatini amalga oshirib 
kelmoqda. Market-meyker maqomini olgan tijorat banklariga beriladigan 
imtiyozlarga qaramasdan, ularning soni sezilarli ko‘paymayapti. Markaziy bank 
tomonidan tijorat banklarining “market-meykerlar” sifatidagi faolligi hamda ularning 
valyuta kursini belgilashdagi roli oshirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqarilishi 
zarurdir. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1467


Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va moliyaviy resurslarning 
samarasiz taqsimlanishiga sabab bo‘luvchi imtiyozli kreditlash (foizlari bozor foiz 
stavkalaridan past bo‘lgan kreditlar) va direktiv kreditlash (mahalliy hokimlik 
organlari va davlat idoralari tomonidan kreditlarni belgilab berish) usullaridan 
bosqichma-bosqich voz kechish choralarini ko‘rish; Bank tizimida ajratilayotgan 
kreditlarning 60 foizi direktiv asosda ajratilgan kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda 
va aynan ushbu omil ta’sirida tijorat banklarining kredit portfelida muammoli 
kreditlar ulushi yuqori darajada qolmoqda. 

Download 230.47 Kb.
1   2   3




Download 230.47 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mamlakat bank tizimining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash masalalari

Download 230.47 Kb.
Pdf ko'rish