Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari




Download 105.54 Kb.
bet8/14
Sana22.01.2024
Hajmi105.54 Kb.
#143405
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi - Qurbonboyev Behruz
pedagogik-faoliyat-va-uning-turlari, Sug`urta mohiyati, tarkibi va iqtisodiy taraqqiyotdagi o`rni, 2 B, Qo\'l to\'pi o\'yini texnikasi va taktikasining tasnifi, Maxmanazarov Murodbek, My favorite season, Kompyuter grafikasi haqida tushuncha va uning turlari-fayllar.org, Kompyuterda ishlashda xavfsizlik choralari, User Manual, 23603, 195fe76d2f661b762d8305a1950860b6 DASTURLASH ASOSLARI 1-qism, Multilevel ruxsatnoma (2023-oktyabr oyiniki), Abduraxmonov M, 1b, 3a
Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari.
Ishlab chiqarish jarayonida turli omillarning birgalikda ishlatilishi natijasida mahsulot, ya'ni tovar va xizmatlar vujudga keladi. Ma'lumki ishlab chiqarish, o`zaro bir-biri bilan aloqador, o`zaro bog`langan individual ishlab chiqarishlardan tashkil topgan. Ana shu individual ishlab chiqarishlar yig`indisi ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda, turli omillarning harakati natijasida juda ko`p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo`lgan milliy mahsulot vujudga keladi. Ilgari mamlakat bo`yicha ishlab chiqarishda vujudga keltirilgan mahsulotlar yig`indisi yalpi ijtimoiy mahsulot deb atalar edi. Yalpi ijtimoiy mahsulotda yil mobaynida yaratilgan moddiy ne'matlar yig`indisi hisobga olinar edi, unda xizmat ko`rsatish sohalarida vujudga keltirilgan ma'naviy ne'matlar va xizmatlar hisobga olinmas edi. Lekin bir ishlab chiqarish sohasidan chiqqan xom ashyo, materiallar, yonilg`i va energiyalarning qiymati boshqa sohalarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun'iy ravishda oshirib ko`rsatilar edi, iste'molga borib tushadigan tayyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo`lar edi. Mana shu takror hisoblashlarga barham berish uchun hozir milliy hisob tizimiga o`tilib, endi mamlakatda vujudga keltirilgan mahsulotlar, ya'ni tovarlar va xizmatlar yig`indisi yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb atala boshlandi. Yalpi milliy mahsulot deb ma'lum vaqt davomida masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste'molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko`rsatilgan xizmatlarning bozor bahosidagi qiymati tushuniladi. Milliy mahsulot moddiy ne'matlar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalarining yillik mehnat faoliyatining umumiy samarasi bo`lib hisoblanadi. Ichki milliy mahsulot (IMM) ham xuddi shu mazmunda tushuniladi. YaMM va IMM o`rtasidagi farq shundaki, YaMM ga mamlakatda va undan tashqaridagi korxonalarimizda vujudga keltirilgan, qo`shma korxonalarda hissamizga (mamlakatimiz hissasiga) to`g`ri keladigan mahsulotlar kiradi. Boshqa mamlakatlar yoki fuqarolar tomonidan bizning mamlakatimiz hududida qurilgan korxonalar mahsuloti, qo`shma korxonalardagi mahsulotda ularning hissasi hisobga olinmaydi. IMM da mamlakat hududida ishlab chiqarilgan hamma mahsulot va xizmatlar (boshqa mamlakatlar korxonalari, qo`shma korxonalarda yaratilgan hamma tovar va xizmatlar qo`shilib) hisobga olinadi. Hozirgi paytda O`zbekistonda ko`proq ichki milliy mahsulot hisobga olinmoqda, shuning uchun biz endi ichki milliy mahsulot to`g`risida gap yuritamiz.

Download 105.54 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Download 105.54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari

Download 105.54 Kb.