• Birinchi bo’linmada
  • -jadval. O’zbеkiston YaIMda tovarlar va xizmatlar ulushi (joriy narxlarda)




    Download 105,54 Kb.
    bet11/14
    Sana22.01.2024
    Hajmi105,54 Kb.
    #143405
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Kurs ishi - Qurbonboyev Behruz
    pedagogik-faoliyat-va-uning-turlari, Sug`urta mohiyati, tarkibi va iqtisodiy taraqqiyotdagi o`rni, 2 B, Qo\'l to\'pi o\'yini texnikasi va taktikasining tasnifi, Maxmanazarov Murodbek, My favorite season, Kompyuter grafikasi haqida tushuncha va uning turlari-fayllar.org, Kompyuterda ishlashda xavfsizlik choralari, User Manual, 23603, 195fe76d2f661b762d8305a1950860b6 DASTURLASH ASOSLARI 1-qism, Multilevel ruxsatnoma (2023-oktyabr oyiniki), Abduraxmonov M, 1b, 3a
    1-jadval. O’zbеkiston YaIMda tovarlar va xizmatlar ulushi (joriy narxlarda)

    Ko’rsatkichlar


    2000 yil

    2008 yil

    mlrd. so’m


    %

    mlrd. so’m

    %

    Yalpi ichki mahsulot

    3194,5

    100,0

    36839,4

    100,0

    Shu jumladan:










    Ishlab chiqarilgan tovarlar qiymati


    1614,2

    50,5

    16725,1

    45,4

    Ko’rsatilgan xizmatlar qiymati


    1173,9

    36,8

    16688,2

    45,3

    Sof soliqlar


    406,4

    12,7

    3426,1

    9,3

    Manba: O’zbеkiston Rеpublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.


    Moddiy ishlab chiqarish sohalarida (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqalar) zaruriy moddiy ne’matlar yaratiladi, xizmat ko’rsatish sohalarida esa turli xil ma’naviy ne’matlar yaratiladi va xizmatlar ko’rsatiladi. Bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog‘langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi.
    Moddiy ishlab chiqarish sohasi o’z navbatida ikki bo’linmadan — birinchi va ikkinchi bo’linmalardan iborat bo’ladi. Birinchi bo’linmada ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish iste’moli uchun zarur bo’lgan vositalar — stanok, mashina, asbob-uskuna, xom ashyo va turli materiallar ishlab chiqariladi. Ikkinchi bo’linmada esa xalq iste’moli uchun zarur bo’lgan iste’mol tovarlari ishlab chiqariladi.
    Birinchi bo’linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yilning o’zida ikkinchi bo’limda va xizmat ko’rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo’linmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o’z navbatida birinchi bo’linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular o’rtasida doimo iqtisodiy aloqalar va munosabatlar sodir bo’lib turadi.
    Ammo shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish jarayoni jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xos bo’lgan umumiy hodisa bo’lsa-da, kishilar, sohalar, korxonalar o’rtasida ma’lum shakldagi o’zaro munosabatsiz amalga oshishi mumkin emas. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayoni hamisha ma’lum bir ijtimoiy shaklda, ya’ni shu davrda amal qilayotgan ishlab chiqarish munosabatlariga mos holda amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan iste’mol qiymatni (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o’sish jarayonidir. Har qanday mahsulot, shu jumladan bozor sharoitidagi yoki unga o’tish davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qiymatiga, ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo’lib, jonli va buyumlashgan mehnat sarfining ma’lum miqdorini o’zida mujassamlashtiradi. Bu tovarning o’zaro bog‘liq va hamisha bir-birini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi mavzuda batafsilroq to’xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan, uning samarasi tovar va xizmatlarning natural va qiymat jihatdan o’sishida ko’rinadi. Shu nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilikni, ya’ni iste’mol qiymatni yaratish, ko’paytirish va qiymatlarning o’sish jarayoni hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, iste’mol qiymatni, ya’ni nafli tovarni yaratishdan iborat bo’ladi. Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda kishilar ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur bo’lgan sifat va miqdorda iste’mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo’yishi uning ijtimoiy yo’nalishini ifoda etadi. Lekin bu umumiy ijtimoiy yo’nalish aniq kishilarning, tadbirkorlarning manfaati bilan bog‘langandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o’tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum miqdorda foyda olishni, sarflangan vositalariga, pul mablag‘lariga nisbatan ko’proq qiymatga ega bo’lishni maqsad qilib qo’yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayoni bir tomondan, iste’mol qiymatlarini yaratish jarayoni bo’lsa, ikkinchi tomondan, qiymatning o’sish jarayoni bo’lib hisoblanadi.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonini quyidagicha ifoda etishimiz mumkin.

    Download 105,54 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 105,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval. O’zbеkiston YaIMda tovarlar va xizmatlar ulushi (joriy narxlarda)

    Download 105,54 Kb.