• So’nggi qo’shilgan mahsulot
  • Ma’mun-universiteti




    Download 105,54 Kb.
    bet13/14
    Sana22.01.2024
    Hajmi105,54 Kb.
    #143405
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Kurs ishi - Qurbonboyev Behruz
    pedagogik-faoliyat-va-uning-turlari, Sug`urta mohiyati, tarkibi va iqtisodiy taraqqiyotdagi o`rni, 2 B, Qo\'l to\'pi o\'yini texnikasi va taktikasining tasnifi, Maxmanazarov Murodbek, My favorite season, Kompyuter grafikasi haqida tushuncha va uning turlari-fayllar.org, Kompyuterda ishlashda xavfsizlik choralari, User Manual, 23603, 195fe76d2f661b762d8305a1950860b6 DASTURLASH ASOSLARI 1-qism, Multilevel ruxsatnoma (2023-oktyabr oyiniki), Abduraxmonov M, 1b, 3a
    Umumiy mahsulot jalb qilingan asosiy kapital, ishchi kuchi, xom ashyo va materiallardan foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutloq hajmidir.
    O’rtacha mahsulot esa jalb qilingan har bir ishchi kuchi yoki kapitalning bir birligiga to’g‘ri keladigan mahsulotga aytiladi. Bu esa umumiy mahsulot miqdorini umumiy omil (ishchi kuchi yoki kapital) miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi:
    So’nggi qo’shilgan mahsulot deb eng so’nggi qo’shilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) evaziga o’sgan mahsulotga aytiladi.
    Masalan, o’tgan yili 100 nafar ishchi kuchi yordamida 100 ming so’mlik mahsulot olingan bo’lsa, bu yil 120 ishchi kuchi ishlab 130 ming so’mlik mahsulot olinsa, 20 nafar qo’shilgan ishchi, 30 ming esa so’nggi qo’shilgan mahsulot bo’ladi.
    Bu oxirgi qo’shilgan mahsulot (o’sgan) miqdorini so’nggi qo’shilgan (o’sgan) ishchi kuchi yoki kapital miqdoriga bo’lish yo’li bilan qo’shilgan omil, ya’ni qo’shilgan kapital yoki qo’shilgan ishchi kuchi unumdorligi aniqlanadi, ya’ni:

    yoki .
    Bu tushunchalarni quyidagi jadvalda yanada aniqroq ifodalash mumkin (5-jadval).


    5-jadval.
    Qo’shilgan mahsulot va qo’shilgan omillar unumdorligi


    1-yil

    2-yil

    So’nggi qo’shilgan miqdor


    Qo’shilgan omillar unumdorligi


    M/O

    Jalb qilingan kapital ming so’m hisobida


    120

    150

    30

    1

    Ishchi kuchi (ishchilar soni)


    100

    120

    20

    -

    Olingan umumiy mahsulot


    100

    130

    30

    1,5

    O’rtacha mahsulot:


    100

    130

    30

    -

    a) ming so’m kapitalga


    0,83

    0,87

    0,04

    -

    b) 1 ishchiga


    1

    1,08

    0,08



    -

    Bu jadvaldan ko’rinib turibdiki, ikkinchi yili birinchi yilga qaraganda omillar miqdori oshirilgan, ular so’nggi qo’shilgan omillar deb yuritiladi. Shuningdek mahsulot ham o’sgan, ana shu 30 birlikdagi o’sgan mahsulot so’nggi qo’shilgan mahsulot deb yuritiladi. Har bir qo’shilgan omil evaziga olingan qo’shilgan mahsulot esa so’nggi qo’shilgan omil unumdorligi deb aytiladi.
    G‘arb adabiyotlarida qo’shilgan mahsulotni aniqlash uchun hamma omillar olinmaydi, balki alohida olingan bir omil olib ko’rsatiladi. Masalan, boshqa sharoitlar teng bo’lganda xom ashyo yoki ishchi kuchining o’sganligi nazarga olinib, uning evaziga olingan, ya’ni qo’shilgan mahsulot aniqlanadi.
    Yuqorida aytganimizdek, alohida olingan omil evaziga qo’shilgan mahsulot ma’lum darajaga borgandan keyin kamaya boshlaydi. Bu kamayish ayniqsa uning har birligi evaziga qo’shilgan mahsulotda aniq seziladi. Mana shu qo’shilgan omil unumdorligining pasayishiga qarab, marjinalistlarning vakillari unumdorlikning kamayib borish qonuni degan qonunni kashf qilishgan.
    Ularning g‘oyasi bo’yicha har bir keyingi qilingan xarajat yoki omil oldingisiga qaraganda kam samara beradi va oqibatda umumiy o’rtacha mahsulot ham pasayib ketadi.
    Bu qonunni ular iqtisodiyotning universal qonuni deb e’lon qiladilar va uni isbotlash uchun ko’pdan-ko’p yer bir birligiga (gektarga) sarflangan qo’shimcha kapital unumdorligining pasayib borishini ko’rsatadilar.
    Bu qonun e’lon qilinganiga 100 yildan ko’proq vaqt o’tdi, u davrlarda fan-texnika yetarli rivojlanmagan edi. Bunday sharoitda u to’g‘ri bo’lgan. Lekin hozirgi fan-texnika va texnologiya tez rivojlanib, yangiliklar ishlab chiqarishga joriy qilinib turgan davrda bu qonunning amal qilmasligi deyarli hamma adabiyotlarda va hamma iqtisodchi olimlar tomonidan tan olinmoqda.
    Shunday qilib keyingi jalb qilingan omil yoki xarajat unumdorligining pasayib borish qonuni quyidagicha to’rt holatda amal qilishi mumkin:
    1) ishlab chiqarishning boshqa omillari o’zgarmay faqat bir omil to’xtovsiz oshirilganda;
    2) fan-texnika taraqqiy etmaganda yoki ishlab chiqarishga jalb qilinmaganda;
    3) omillar o’rtasidagi miqdoriy va sifatiy nisbatlar buzilganda;
    4) shart-sharoitni hisobga olmasdan xarajatlar xo’jasizlarcha, ko’r-ko’rona amalga oshirilganda;
    Yuqorida belgilangandan boshqa holatlarda bu qonun amal qilmaydi.

    Xulosa
    Yuqorida keltirilgan iqtisodiyot borasidagi mushohadalardan kelib chiqib, nima sababdan iqtisodchilar dunyoga tanqislik nuqtai-nazardan boqishlarini ko’rish mumkin. Tanqislik tushunchasi iqtisodiy resurslar cheklangan mahsulotlar va xizmalart turlarini ifodalaydi. Tanqislik insondagi istagancha tanlab olish imkoniyatini cheklab, bizga mavjud narsalarnigina tanlay olishni talab qiladi. Endi biz hamma narsalardan xohlagancha foydalana olmasdan, mavjud narsalar bilangina kifoyalanishimiz kerak ekanligini anglatadi. “Hech qachon sichqon tutgichda tekin pishloq bo’lmaydi” degan oddiygina naql iqtisodiyotni o’zagini tashkil etadi. Aytaylik, siz biror-bir mahsulotdan bepul foydalandingiz deylik, ammo huddi shu mahsulotni ishlab chiqargan boshqa bir ishlab chiqaruvchi unga qanchadir mablag’ safrlagan-ku! Biror–bir oddiy bo’lib ko’ringan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ham qanchadir o’lchamdagi yer maydoni, ish quroli, qo’l mehnati, bunyodkorlik salohoyati kabilar talab qilinadi.
    So'nggi o'n yil ichida firma yoki korxonada resurslarni tejash muammosi ayniqsa keskinlashdi. Mavjud korxonalami texnik qayta jihozlash yoki rekonstruksiya qilish - ulami resurslarni tejaydigan texnologiyalarga o'tkazish zarur. Korxonada resurslaming doimiy aylanishi va o'zgarishi bilan ulami tejash va samarali ishlatish juda muhimdir. Resurslarni tejash-ishlab chiqarish omillaridan iqtisodiy va samarali foydalanish bilan bog'liq chora-tadbirlar majmui. Barcha resurslar bir xil tezlikda aylanmaydi - ba'zilari ishlab chiqarish jarayonida to'liq iste'mol qilinadi, boshqalari, masalan, uskunalar-qisman va ko'p hollarda bir xil emas va ulaming iste'mol darajasi asosan ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish xodimlarining ta'sirining etarliligi bilan belgilanadi.
    Ko’pincha, biz iste’mol qiladigan juda ko’p mahsulotlasr bizga zaruru holatda bo’lmaydi. Yana bir misol, siz velosiped sotib olmoqchisiz. Albatta velosipedni tayorlash uchun katta xom ashyo (temir), ish kuchi, vaqt ketgan. Lekin siz hech qachon bularni alohida – alohida sotib olib velosipedni qo’lingizda yasay olmaysiz, balki bularning hammasini mujassamlashtirgan holatda teyor velosipedni do’kondan sotib olasiz.Iqtisodiy ne’matlarning yana bir turi mana shunday tayor mahsulotlardan iborat.Jamiyat rivojlanib brogan sari, ehtiyojlar ham orta boradi, ammo aytib o’tganimizdek, shu ehtiyojlarni qondirish uchun kerak bo’lgan iqtisodiy resurslar bizda cheklangandir.
    Bu esa ehtiyojlar va resurslarning nomutanosib ekanligini anglatadi. Shu sababli o’sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish uchun chegaralangan resurslardan oqilona foydalanib, ularni iqtisodiy iste’mol ne’matlarga aylantirish talab qilinadi.


    Download 105,54 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 105,54 Kb.