Ma’mun-universiteti




Download 105.54 Kb.
bet4/14
Sana22.01.2024
Hajmi105.54 Kb.
#143405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi - Qurbonboyev Behruz
pedagogik-faoliyat-va-uning-turlari, Sug`urta mohiyati, tarkibi va iqtisodiy taraqqiyotdagi o`rni, 2 B, Qo\'l to\'pi o\'yini texnikasi va taktikasining tasnifi, Maxmanazarov Murodbek, My favorite season, Kompyuter grafikasi haqida tushuncha va uning turlari-fayllar.org, Kompyuterda ishlashda xavfsizlik choralari, User Manual, 23603, 195fe76d2f661b762d8305a1950860b6 DASTURLASH ASOSLARI 1-qism, Multilevel ruxsatnoma (2023-oktyabr oyiniki), Abduraxmonov M, 1b, 3a
Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida to’planib, ayni vaqtda mavjud bo’lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste’molchiga yetkazib berishda va iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan imkoniyatlar, qo’r-qutlar va manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (er, suv, o’rmon, yer osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qo’r-qutlari, pul mablag‘lari va boshqalari) ana shular jumlasidandir. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va pul resurslari ham kiradi. Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli hamma odamlar xohlagan iste’mol buyumlarini, transport vositalarini va boshqa narsalarni darhol xarid qila olmaydi va xohlagancha iste’mol qila olmaydi. Har bir kishi, hatto eng ko’zga ko’ringan davlat arbobi, sahna yoki sport yulduzi ham bu muammoga duch keladi. Resurslar cheklanganligi faqatgina iste’molni emas, shu bilan birga ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni ham cheklab qo’yadi. Buning natijasida har bir korxona, mamlakat o’z imkoniyatlarini hisobga olib, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hamma turini birdaniga emas, uning shu davr uchun eng kerakli bo’lgan sohalarini tanlab kengaytirish va rivojlantirishga e’tibor beradi, resurslarni birinchi navbatda ularga jalb qiladi. Masalan, O’zbekiston endi mustaqillikka erishgan dastlabki paytda respublikamizning energiya mustaqilligini ta’minlash uchun neft qazib olish va gaz kondensati ishlab chiqarishga nisbatan ko’proq mablag‘ ajratishga majbur bo’ldi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida davlat mavjud pul va valyuta zahiralarini chetdan iste’mol buyumlarini sotib olib kelishga emas, ularni cheklab, investitsiya tovarlarini, ya’ni yangi texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga qaratadi. Bunda ayrim sohalarga e’tibor va mablag‘ sarflash kuchaytirilgan sharoitda boshqa sohalarga ajratiladigan mablag‘larni obyektiv ravishda nisbatan kamaytirishga to’g‘ri keladi. Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo’li bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnikalar va texnologiyalar, bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish, energiya, yonilg‘i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, xom ashyo, energiya va boshqa resurslar manbalarini topib, hayotga jalb etish imkonini beradi: jumladan, yerning chuqur qatlamlaridagi boyliklarni topish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish, quyosh energiyasidan foydalanish va h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin:

Download 105.54 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 105.54 Kb.