To‘g‘ri kirishli RS-triggerlar




Download 0,56 Mb.
bet5/8
Sana23.12.2023
Hajmi0,56 Mb.
#127302
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
samandar raqamli

To‘g‘ri kirishli RS-triggerlar. Triggerning mantiqiy tuzilmasi 3.10а. rasmda keltirilgan. Trigger har bir elementning kirishi, boshqasining kirishlaridan bittasiga ulanish orqali bir-biri bilan bog‘langan ikkita YOKI-YO‘Q mantiqiy elementlarida qurilgan. Qurilmada elementlarning bunday bog‘lanishi ikki turg‘un holatni ta’minlaydi.
R va S kirishlarida YOKI-YO‘Q elementlari uchun triggerning holatiga ta’sir qilmaydigan passiv passiv darajalar man. 0 ta’sir qiladi.

20-rasm
Triggerni bir turg‘un holatdan boshqasiga o‘tkazish kirishlarga aktiv signallarni uzatish orqali ro‘y beradi.
R = 1 da А elemant chiqishida Q = 0 bo‘lgan holatga o‘rnatiladi, demak invers yolida Q=1 va shunday qilib, trigger 0 holatga o‘rnatiladi. Agar trigger R = 1 signal uzatilganga qadar 0 holatda turgan bo‘lsa, uning holati o‘zgarmaydi. Agar trigger R = 1 signal uzatilganga qadar 1 holatda turgan bo‘lsa, A elementning o‘chib yonishi sodir bo‘ladi va uning chiqishida Q = 0 o‘rnatiladi; bu qiymat B elementning kirish qismiga uzatiladi, element o‘chib yonadi va B elementning chiqishida Q=1 o‘rnatiladi, shundan so‘ng trigger 0 holatga o‘tadi.
Shunday qilib, triggening bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishida uning elementlari ham birin – ketin o‘tadi va o‘tish vaqti YOKI-YO‘Q mantiqiy elementda signal tarqalishining ikkilangan o‘rtacha ushlanish vaqtiga teng: tn=2tз. Ravshanki, tn qancha kichik bo‘lsa, trigger vaqt birligi ichida shuncha kam o‘chib yonishni amalga oshiradi, ya’ni, o‘chib yonishning mumkin bo‘lgan chastotasi shuncha yuqori, boshqacha aytganda, triggerning tezligi yuqori bo‘ladi.
Triggerning kirish qismiga S=1 ni uzatishda uni 1 holatga o‘rnatish yuqoridagiga o‘xshash bajariladi.
Ikkita R va S kirish qismiga ham man.1 aktiv darajani bir vaqtda uzatish mumkin emas, chunki, bunda ikkita kirish qismida ham man. 0 daraja o‘rnatiladi, kirish qismlaridan aktiv mantiqiy darajalarni olingandan keyin, triggerning holati noaniq bo‘lib qoladi; tasodifiy sabablarga ko‘ra trigger yoki 0 holatga, yoki 1 holatga o‘rnatilishi mumkin. 3.10b rasmda asinxron RS triggerning shartli belgilashlari keltirilgan.
RS-trigger. 20-rasmda sinxron RS triggerning mantiqiy tuzilmasi keltirilgan. Bu tuzilmalardan ko‘rinib turibdiki, sinxron RS trigger to‘g‘ri kirishli asinxron triggerdan tashkil topgan, R va S kirishlarida VA (VA-YO‘Q) mantiqiy elementlar yoqilgan.
VA (VA-YO‘Q) mantiqiy elementlar yordamida sinxron triggerning R va S axborot kirishlarining aktiv mantiqiy darajasini uning tarkibiga kiruvchi asinxron triggerning R va S kirishlariga man.Y darajasida C sinxronlashtiruvchi kirishda uzatish ta’minlanadi.
Shunday qilib, С = 0 da asinxron triggerning kirishlariga aktiv darajalar uzatiladi va trigger oldin o‘rnatilgan Q0 holatni saqlaydi. C=1 da triggerning holati yuqorida ko‘rilgan RS-triggerdagi singari kirishga ta’sir o‘tkazayotgan darajalar orqali aniqlanadi.
Demak, sinxron TS - triggerning ishlashini quyidagi ifoda orqali tavsiflay olamiz:


а) b) c)
21-rasm
Sinxron RS-trigger normal holatda ishlashi uchun, C sinxronlashtiruvchi kirishda man.1 ta’siri vaqtida, S va R axborot kirishlaridagi darajalar o‘zgarmay turishi kerak. C=0 va trigger S va R kirishlaridagi darajalaridan ta’sirlanmasa kirishda darajalar almashadi.
3.11c–rasmda sinxron RS-triggerning shartli belgilanishi ko‘rsatilgan.

Download 0,56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To‘g‘ri kirishli RS-triggerlar

Download 0,56 Mb.