• Т-trigger
  • Multipleksorlar Ishlash jaryoni va vazifasi.
  • Demultipleksor
  • D-trigger. Bu tipdagi triggerlarda faqat bitta axborot kirishi mavjud bo‘ladi




    Download 0,56 Mb.
    bet6/8
    Sana23.12.2023
    Hajmi0,56 Mb.
    #127302
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    samandar raqamli

    D-trigger. Bu tipdagi triggerlarda faqat bitta axborot kirishi mavjud bo‘ladi. C kirishi boshqaruvchi va sinxronlashtiruvchi signalni uzatish uchun xizmat qiladi.
    D-triggerning ishlashi 3.12a rasmda ko‘rsatilgan holatlar jadvali orqali aniqlanadi.
    Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, C=1 da trigger D kirishining aktiv darajasi orqali aniqlanadigan holatga o‘rnatiladi (C=0 da u oldin o‘rnatilgan holatni saqlaydi). Bunday ishlashi quyidagi mantiqiy ifoda orqali tavsiflanadi.

    3.12c rasmda kirish qismlarida mantiqiy elementlari mavjud bo‘lgan asinxron RS – triggerdan tashkil topgan D-triggerning mantiqiy tuzilmalari keltirilgan. C=0 da VA (VA-YO‘Q) elementlarining chiqish qismida, asinxron RS – triggerlarining kirish qismi uchun passiv bo‘lgan darajalar hosil bo‘ladi. С = 1 da D axborot kirish qismiga uzatilgan daraja, yoki R (D=0 da) kirish qismida yoki asinxron RS – triggerining S (D=1da) kirish qismida aktiv darajani hosil qiladi va trigger D kirish qismining mantiqiy darajasiga mos keluvchi holatga o‘rnatiladi. Shunday qilib, D-trigger D-kirish qismidan C=1da axborotni qabul qiladi va C=0 bo‘lib turganda uni noma’lum vaqtga saqlab turishi mumkin. 3.12d rasmda D-triggerning shartli tasviri berilgan.

    a) b)

    c) d) 3.12-rasm

    Т-trigger. 3.13-rasmda Т- triggerning mantiqiy tuzilmasi keltirilgan. Tning kirish qismiga kelib tushuvchi musbat impulsning frontida, 1 boshlovchi trigger 2 yetaklanuvchi triggerning holatiga qarama-qarshi bo‘lgan holatga o‘rnatiladi, kirish impulsining manfiy frontida 7 triggerning holatiga mos keluvchi 2 triggerga signal uzatilishi ro‘y beradi.
    3.13-rasmda T- triggerning shartli tasviri berilgan


    25-rasm
    Multipleksorlar
    Ishlash jaryoni va vazifasi. Bir nechta kirishlardan bittasini tanlashni amalga oshiradigan va uni o‘zining chiqishiga ulaydigan qurilma multipleksor deb ataladi. Multipleksor bir nechta axborot kirishlariga (D0,D1...), manzilli kirishlarga (Ао1,...), C stroblovchi signalni uzatadigan kirish va bitta Q chiqishiga ega. 3.14a rasmda to‘rtta axborot kirishi mavjud multipleksorning ramziy tasviri keltirilgan.

    3.14a-rasm

    3.14b-rasm

    Multipleksorning har bir axborot kirishiga manzil deb ataluvchi nomer biriktiriladi. C kirishiga stroblangan signalni uzatishda manzilli kirishlarda, manzili ikkilik kod bilan beriladigan kirishlardan birini tanlaydi va uni chiqishga ulaydi .


    Shunday qilib, manzilli kirishlarga turli axborot kirishlarining manzillarini uzata turib, shu kirishlardan Q chiqishga raqamli signallarni uzatish mumkin . Ravshanki, ni axborot kirishlarining soni, na manzilli kirishlarining soni bilan пi =2na munosabat orqali bog‘langan. Multipleksor ishlashi 3.9-jadval orqali aniqlanadi
    3.9-jadval

    Manzilli
    kirishlar

    Stroblangan
    signal

    Chiqishlar

    А1

    А0

    С

    Q

    X

    X

    0

    0

    0

    0

    1

    D0

    0

    1

    1

    D1

    1

    0

    1

    D2

    1

    1

    1

    D3

    Demultipleksor
    Demultipleksor bitta axborot kirishiga va bir nechta chiqishlarga ega bo‘lib, berilgan manzil (nomer)ga ega bo‘lgan chiqishlardan bittasiga kommutatsiyani amalga oshiradi.
    Shifratorlar.

    Download 0,56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    D-trigger. Bu tipdagi triggerlarda faqat bitta axborot kirishi mavjud bo‘ladi

    Download 0,56 Mb.