Byudjetlar Harakatlar dasturi Marketing strategiyasi Nazorat tartibi ^ ^ ^ ^




Download 0.71 Mb.
bet4/8
Sana05.09.2023
Hajmi0.71 Mb.
#80332
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Marketing mix
Сиртқи муҳр, РАСМИЙ ҲУЖЖАТЛАР-Хат, JUMAQULOV MEHRIDDIN MALAKAVIY AMALIYOT, Мал амалиёт ишлари ва уларни баж бўйича Методик кўрсатма2023, barcha sirlar, sir, event-marketing-premiumnyh-tovarov-na-primere-sovremennogo-rossiyskogo-art-rynka, event-marketing-premiumnyh-tovarov-na-primere-sovremennogo-rossiyskogo-art-rynka, • Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha, g\'azallar, Документ Microsoft Word, 1212, amaliy ishlanma, 4-kurs mavzular umumiy kurs ishi


Byudjetlar

Harakatlar dasturi

Marketing strategiyasi

Nazorat tartibi

^

^

^
^



10-rasm. Marketing rejasining tarkibiy qismlari

Marketing rejasining bo‘limlari



Oddiy yoki markali mahsulot ishlab chiqarish rejasi o‘z ichi- ga quyidagi bo‘limlarni olishi kerak: nazorat ko‘rsatkichlarining ma’lumoti, joriy marketing vaziyatining bayoni, xavf-xatarlar hamda imkoniyatlar ro‘yxati, marketing strategiyasining vazi- falari va muammolari ro‘yxati, harakatlar dasturi, budjetlar va belgilangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish tartibi.
Nazorat ko‘rsatkichlarining ma’lumoti.
Rejaning eng avvalida rejada fikr yuritiladigan asosiy maqsadlar va tavsiyalarning qisqacha axboroti berilishi kerak. Nazorat ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumot rahbariyatga rejaning
asosiy yo‘nalishini tez tushunib olishiga yordam beradi. Axborotdan so‘ng rejaning mundarijasini joylashtirish lozim.
Joriy marketing vaziyati. Bu bo‘lim rahbarlarni istiqbolga nazar tashlash va tovarning oldida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar hamda imkoniyatlarni tasavvur qilishga majbur etadi. Bularning hammasidan maqsad rahbariyatni firma faoliyatida kuchli tarzda aks etishi mumkin bo‘lgan muhim voqealarni oldindan ko‘rishga majbur qilishdir. Boshqaruvchilar o‘zlari tasavvur qila oladigan xavf-xatarlar va imkoniyatlarning maksimal miqdorini sanab berishlari lozim.
Xavf-xatar — noqulay tendensiya yoki aniq voqea muno- sabati bilan vujudga kelgan va maqsadga yo‘naltirilgan marke- ting harakatlari mavjud bo‘lmagan hollarda tovarning yashovchanligiga jiddiy zarar yetkazuvchi yoki uning halokatiga olib keluvchi qiyinchilik.
Marketing imkoniyati — marketing haràkatlarining aniqroq firma raqobatda ustunlikka ega bo‘lishni ta’minlovchi jozibali yo‘nalish.
Boshqaruvchi har bir xavf-xatarning yuzaga kelish ehtimoli- ni va ularning firma uchun qanday oqibatlar olib kelishi mumkinligini baholashi lozim.
Vazifa va muammolar. Tovar bilan bog‘liq xavf-xatarlarni va imkoniyatlarni o‘rganib chiqib, boshqaruvchi vazifalar qo‘yish va bunda yuzaga keladigan muammolar doirasini belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Vazifalar reja amal qilish davrida firma erishishga intilayotgan maqsadlar turida shakllantirilgan bo‘lishi lozim.
Marketing strategiyasi. Rejaning ushbu bo‘limida boshqa- ruvchi qo‘yilgan vazifalarga keng marketing yondashuvi (o‘yin rejasi deb ataluvchi)ni bayon qiladi.
Marketing strategiyasi — oqilona mantiqiy tuzilma bo‘lib, unga amal qilgan tashkilot (tashkiliy birlik) o‘z marketing vazi- falarini hal qilishni o‘ylaydi. U o‘z ichiga maqsadli bozorlar, marketing majmui va marketingga sarvflanadigan xarajatlar darajasi bo‘yicha aniq strategiyani oladi.
Maqsadli bozorlar. Marketing strategiyasi bozorning firma o‘z asosiy harakatlarini yo‘naltiradigan, jamlaydigan segmentini aniq aytib berishi kerak. Bu segmentlar bir-biridan afzalliklar, javob harakatlari va daromadlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra farq qiladilar. Firma o‘z harakatlari va kuchini raqobat nuqtayi
nazaridan yaxshiroq xizmat ko‘rsata oladigan segmentlarga to‘plab va yo‘naltirib oqilona ish qilgan bo‘ladi. Tanlangan maqsadli segmentlarning har biri uchun alohida Marketing strategiyasi ishlab chiqiladi.
Marketing majmuasi. Boshqaruvchi marketing majmuasi- ning unsurlari, yangi tovarlar joylarda sotishni tashkil qilish, reklama, sotishni rag‘batlantirish, tovarning narxi va taqsimla- nishi masalalari bo‘yicha aniq strategiyalarni bayon qilib berishi lozim. U rejaning oldingi bo‘limlarida bayon qilingan xavf- xatarlarni, imkoniyatlar va asosiy muammolarni qay tarzda hisobga olish nuqtayi nazaridan qanday strategiyani asoslab berish kerakligini taklif etishi lozim.
Marketing xarajatlari darajasi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida boshqaruvchi ilgari bayon qilingan strategiyalarning hammasini hayotga tatbiq etish uchun zarur bo‘lgan marketing budjetining hajmi (miqdori)ni aniq ko‘rsatishi kerak. Boshqaruvchi nisbatan baland budjet sotishning ham nisbatan baland bo‘lishini ta’min- lashini biladi, lekin u o‘ziga eng katta rentabellikni ta’minlaydi- gan budjetni tuzishi kerak.
Harakatlar dasturi. Marketing strategiyalarini quyidagi savollarga javob beruvchi amaliy harakatlar dasturlariga aylan- tirish zarur:

  1. Nima qilinadi?

  2. Bu qachon qilinadi?

  3. Kim buni qiladi?

  4. Bu qanchaga tushadi?

Yil davomida yangi muammolar va yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishiga qarab, tadbirlar rejasiga o‘zgartirish va tuzatish- lar kiritib boriladi.
Budjetlar. Tadbirlar rejasi boshqaruvchiga foyda va zarar- larning bashorat bo‘lgan tegishli budjetni ishlab chiqish imkoni- ni beradi. «Tushumlar» ustunida sotiladigan tovar birliklarining miqdori va o‘rtacha nettobahosiga nisbatan bashorat ko‘rsatila- di. Yuqori rahbariyat taklif etilayotgan budjetni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi yoki uni o‘zgartiradi. Tasdiqlangach budjet material- lar xarid qilish, ishlab chiqarish jadvallarini ishlab chiqish, ishchi kuchiga bo‘lgan talabni rejalashtirish va marketing tadbirlarini o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Nazorat qilish tartibi. Rejaning so‘nggi bo‘limida mo‘ljal- langan barcha tadbir va choralarning bajarilishini nazorat qilish
tartibi bayon etiladi. Odatda, maqsadlar hamda budjet ajrat- malarini sarflash oylar yoki choraklar bo‘yicha taqsimlab rejalashtirishadi. Bu yuqori rahbariyat vaqtning har bir qisqa bo‘lagi doirasidan erishilgan natijalarni baholashi va o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erisholmagan ishlab chiqa- rish birliklarini aniqlashi mumkinligini bildiradi. Bu ishlab chiqarish birliklarining boshqaruvchilari rahbariyatga tushun- tirish berishlari va ahvolni yaxshilash uchun qanday choralar ko‘rishni mo‘ljallayotganliklarini ko‘rsatishlari zarur.
Tashkilotlar o‘z bozor faoliyatlarini marketing nazorat qi- lishning uchta turini qo‘llaydilar. Bular: yillik rejalarining baja- rilishi ustidan nazorat, foydalilik nazorati va strategik nazorat. Yillik rejalarning bajarilishi ustidan nazorat joriy marketing harakatlari va erishilgan natijalarni doimiy ravishda kuzatib borishni bildiradi. Nazoratning asosiy vositalari sotish imkoniyatlarining tahlili, marketing xarajatlari va sotish ora- sidagi nisbatning tahlili va mijozlarning munosabatini kuzatish
hisoblanadi.
Foydalilikning nazorati hamma xarajatlarni aniqlashni va fir- maning tovarlar bo‘yicha, sotish hududlari, bozor segmentlari, savdo kanallari va turli hajmdagi buyurtmalar bo‘yicha faoliya- tining amaldagi rentabelligini belgilashni talab qiladi.
Strategik nazorat — bu firmaning marketing vazifalari, strategiyasi va dasturlari marketing muhiti talablariga mos ke- lishiga amin bo‘lish maqsadida olib boriladigan faoliyatidir. Bunday nazorat marketing taftishi vositasida olib borilib, ushbu taftish marketing muhitini firmaning vazifalari, strategiyasi hamda tezkor (operativ) faoliyatini tizimli ravishda, xolis va doimiy, kompleks tadqiq qilib borishni bildiradi. Marketing taftishining maqsadi ochilayotgan marketing imkoniyatlarini aniqlash va firmaning istiqbolga mo‘ljallangan rejalari hamda marketing faoliyatini kompleks takomillashtirish yuzasidan joriy harakatlarga oid tavsiyalar berishdan iboratdir.
Marketing tadbirlarini rejalashtirish.
«Istalgan katta-kichiklikdagi kompaniya kelajak haqida o‘ylashi va bozorning o‘zgarib turuvchi shart-sharoitlariga tez- korlik bilan moslasha, javob bera oladigan uzoq muddatli strate- giyalarni ishlab chiqish zarur».
(F.Kotler)


T A H L I L

Nazorat Natijalarni miq- doriy aniqlash Natijalarni ba- holash To‘g‘rilash (o‘zgartirish)

Amalga oshirish Rejalarni bajarish

Rejalashtirish Strategik reja Marketing rejasi
^ ^ ^




Rejalarning turlari

Qisqa muddatli 1 yilgacha

Uzoq muddatli

Strategik

Mazmuni

Joriy vaziyat Maqsadlar Taktika Resurslar Nazorat shakllari

Asosiy omillar- ning tavsifi Uzoq muddatli maqsadlar Asosiy marke- ting strategiya- lar

Vazifa muhit sharoitlarini korxonaning imkoniyatlari bilan qo'shish


11-rasm. Rejalashtirish jarayoni

Nazorat savollari:

  1. Strategik rejalashtirish jarayonini aytib bering.

  2. Marketing rejasining bo‘limlarini tavsiflang.

  3. Sizning do‘stlaringiz diskoteka ochishmoqchi. Ular muvaffaqiyat- ning garovlaridan biri marketing «nazorati» ekanligini tushunadilar. Ularning yangi korxonalari faoliyatining amaliyotida qo‘llash uchun siz ularga bu nazoratning qaysi variantlarini qo‘llashni maslahat berar edingiz.

  4. Mijozlarning munosabatlarini doimiy kuzatib borishning yillik rejasining bajarilishini nazorat qilishning boshqa usullarga qaragan- da afzalliklari va kamchiliklari nimada?

  5. Nima uchun marketing taftishi strategik nazorat jarayonining asosi hisoblanadi?

  6. Bu usulni qo‘llashning xarakterli tomonlari va maqsadi haqida qisqacha aytib bering.

Download 0.71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Byudjetlar Harakatlar dasturi Marketing strategiyasi Nazorat tartibi ^ ^ ^ ^

Download 0.71 Mb.