Oriental Renaissance: Innovative




Download 449,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana21.02.2024
Hajmi449,67 Kb.
#160003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
marketing-imkoniyatlarining-firma-muvaffaqiyatidagi-orni

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
512 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
ravishda bo‘lib, bozor mexanizmlari, xo‘jalik sub’ektlarining erkin faoliyat yuritishi 
uchun qulay iqtisodiy muhit yaratilishiga imkon berishi lozim bo‘ladi. Shuningdek, 
davlat xo‘jalik tizimining raqobatbardoshligini oshirish, biznes va xususiy 
tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantiradi
1

Davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha faoliyati quydagilarni o‘z 
ichiga oladi: 
1. 
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi va davlatning barqaroroligiga xavf
tug‘diruvchi omillarni aniqlash va monitoring qilish; 
2. 
ushbu omillarning zararlari, salbiy ta’siriga barham berish yoki yumshatishga 
qaratilgan iqtisodiy siyosatni shakllantirish va institutsional o‘zgarishlarni amalga 
oshirish. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vazilalarini amalga oshirish uchun 
soliqqa tartish va yig‘imlar yo li bilan davlat budjeti resurslari tashkil etiladi va davlat 
sektorining moddiy bazasi shakllantiriladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solish - bu takror ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi va jamiyat 
iqtisodiyotini rivojlantirishdir. 
Davlat siyosatini ishlab chiqishda iqtisodiyotni nafaqat sifat, balki xavflardan 
holi bo‘lgan tarzda rivojlanish chegaralarini son jihatdan ham belgilashi talab etiladi. 
Demak, mamlakatda iqtisodiy xavfsizlik holatining sustlashishiga ma’lum bir chegara 
doirasida yo‘l qo‘yilishi mumkin. Iqtisodiy xavfsizlik uchun ko‘rsatkichlarning o‘zi 
emas, ularning chegaraviy miqdori muhim ahamiyatga ega. Shu chegaralarga rioya 
qilmaslik takror ishlab chiqarishning turli elementlarini normal taraqqiy etishiga 
to‘sqinlik qiladi. Iqtisodiy xavfsizlikda negativ, buzuvchi jarayonlarning 
shakllanishiga olib keladi. Iqtisodiy xavfsizlikning miqdoriy ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
milliy manfaatlarni ta’minlash maqsadida ko‘rsatkichlarning eng quyi yoki yuqori 
chegaralari aniqlanadi. 
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga 
oshirish uchun uning indikatorlari monitoringini tashkil etish ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. Monitoring iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlarini aniqlash, tahlil qilish va 
ularning o‘zgarish tendensiyalari va istiqbolini aniqlash imkonini beradi. 
Mutaxassislarning fikricha, mezonlar biror-bir harakatni amalga oshirish uchun 
yo‘llanma sifatida qabul qilinishi mumkin emas. Uni amalga oshirishda jamiyat 
bazisini qayta tashkil etish, resurs va ishlab chiqarish salohiyatini qayta qurish, yangi 
1
Abulqosimov X.P. Iqisodiy xavfsizlik.-T.:Darslik. Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti. 
Toshkent-2019.77-bet. 



Download 449,67 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 449,67 Kb.
Pdf ko'rish