|
Depsinayotgan yoki tushkunlik holatidagi korxonalar uchun strategiya
|
bet | 3/5 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 16,07 Kb. | | #118217 |
Bog'liq Marketing strategiyаsini mavjud vaziyаtga moslashtirish-www.fayllar.orgDepsinayotgan yoki tushkunlik holatidagi korxonalar uchun strategiya
Ko’pgina korxonalar sanoatga nisbatan o’sish past bo’lgantarmoqlarda ish olib boradilar.
Bunday korxona yoki kompaniyalar davom etayotgan turgunlikning aniq vokeligini tan olishlari va bozorning mavjud imkoniyatlariga mos keladigan maqsadlarni ifodalashga o’z kuchlarini sarflashlari kerak bo’ladi.
Depsinayotgan yoki tushkunlik holatidagi tarmoqlarda muvaffakiyatga erishgan kompaniyalar asosan kuyidagi strategiyalarga amal qiladilar:
1. O’suvchi bozor segmentlarini aniqlab, mos strategiya yaratish va ishlab chiqish yuli bilan fokuslash strategiyasi tomon yul tutish.
2. Sifatni yaxshilash va innovatsiya asosida differentsiyalash tomon yul tutish.
3. Xarajatlar darajasini pasaytirish uchun zur berib va o’zilishlarsiz ishlash.
Odatda sanab utilgan uchta strategiyaning bittasidan foydalanish talab etiladi. Lekin ular bir-birini inkor etmaydilar. Unumdorlikning o’sishi baholarni pasaytirish imkonini beradi, bu o’z navbatida sotuv xajmini o’sishiga olib keladi.
Tarqoq tarmoqlarda raqobat strategiyasi
Ba’zi tarmoqlar yo’z, xatto minglab kichik va o’rtakorxonalardan iborat bo’ladi. Ularning ko’pchiligini xususiy korxonalar tashkil etib, ularning birortasi xam tarmoqdagi umumiy sotuv xajmida sezilarli rolь uynamaydi. Bo’lib tashlangan tarmoqning asosiy farklanadigan xususiyati, unda yetakchilarning yuqligidir. Bunday tarmoqlar katoriga kitob nashriyotlarini, neftni tanker bilan tashish, avtomobillarni ta’mirlash, tez xizmat ko’rsatadigan restoran va kafelar, xususiy korxonalarda buxgalterlik xizmatlari, ayollar kiyimlarini tikish ustaxonalari, mexmonxona va otellar, mebelь ishlab chiqarish, karton kutichalar tayyorlash, ozik-ovkat tovarlarini kadoklash kabilarni kiritish mumkin.
Tarqoq tarmoqlarda raqobat kurashi o’rtacha kuchlidan shiddatligacha bo’lishi mumkin. Tarqoq tarmoqlarga to’g’ri keladigan raqobat strategiyasining extimoldagi variantlariga kuyidagilar kiradi:
1. Namunali sharoitlarni yaratish va ulardan foydalanish.
2. Past xarajatlarni ta’minlash.
3. Integratsiya yuli bilan xaridor uchun foydani oshirish.
4. Tovar turiga ixtisoslashish.
5. Xaridor turiga ixtisoslashish.
6. CHeklangan geografik xududlarga fokuslash.
Tarmoqning tarqoqlik sharoitida korxonada strategik tanlash erkinligi mavjud: ya’ni keng marketing maqsadlarini ko’zlash, xarajatlarning raqobat ustunligi yoki tabakalashtirishdan foydalanish.
Tarqoq tarmoqlarda bir vaktning o’zida ko’p strategik yondoshuvlardan foydalanish mumkin bo’ladi.
|
| |