• 3-chizma. Marketing tizimidagi besh asosiy narsa
  • Marketing elementlari tarkibi va jarayoni. Marketing – “miks” tushunchasi




    Download 51,74 Kb.
    bet5/7
    Sana13.05.2024
    Hajmi51,74 Kb.
    #228383
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Abdulaziz Marketing

    Marketing elementlari tarkibi va jarayoni. Marketing – “miks” tushunchasi.

    Marketing tizimida quyilgan maqsadga erishish uchun haridorlar va boshqa sub’ektlarga ta’sir etish uchun marketing vositalari, ya’ni marketing usullari yig’indisi, uslublari zarurdir. Shunday vositalardan marketing-miks, marketing kompleksi bo’lib hisoblanadi. Bularni marketing nazariyasiga 1964 yilda birinchi bo’lib Garvard biznes maktabi professori Borden kiritgan. Marketologlar tayyorlash tizimida marketing kompleksi 4 “P” deb nomlanib, Makkarti tomonidan 1960 yilda bu model taklif etilgan. Ushbu modelda marketingning turtta asosiy elementlari ajratib ko’rsatilgan: tovar (product), narx (price), sotish (place), reklama-ragbatlantirish (promotion).
    Marketing faoliyatida ehtiyoj va muxtojlikni ayirboshlash orqali qondirish jarayonida albatta inson ishtirok etadi. Shuning uchun yuqorida kursatib o’tilgan marketing elementlari tarkibiga 5 “P” ham kiritilib, u kishilar (people) ekanligi alohida takidlab o’tilgandir. Marketing-miks elementlari quyidagi 3-chizmada ko’rsatilgan.
    1968 yilda F.Kotler marketing-miks elementlari tarkibiga pablik-rileyshnz (public relations) va siyosatni (politics) qo’shib, oldingi 4 “P” ni 6“P” ga kengaytirib ko’rsatdi.
    4“P” modelini qo’llanishini cheklanganligiga qaramasdan, marketing nazariyasini shakllanishi va amaliyotini rivojlanishida ilg’or rol o’ynaydi.


    3-chizma. Marketing tizimidagi besh asosiy narsa
    Marketing-miks keng qo’llanadigan shaklda 4 ta marketing submiksini uz ichiga oladi. Bular quyidagilar: tovar miksi, shartnoma miksi, kommunikativ miks, taqsimot miksi. Tovar miksi tovar siyosatini shakllantiradi, tovar bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar: dizayn, uni bezatilishi, mahsulot sifati, o’rovi, haridorlarga xizmat ko’rsatish, kafolat xizmati siyosati, tovar diversifikatsiyasi, assortiment siyosati va xokazo.
    Shartnoma siyosati tovarni oldi-sotdi akti shartlari kelishuvini va bitim ko’rinishida ularni rasmylashtirishni amalga oshiradi. Bunday chora-tadbirlariga: narx siyosati, ustama va chegirtma tizimi, tovar yetkazib berish va uni to’lov shartlari, shuningdek kredit siyosati kiradi.
    Taqsimot siyosati tovarni tayyorlanish joyidan oluvchiga yetkazib berishni amalga oshiradi. Bu siyosat sotish kanalini asoslash va tahlil qilish, marketing-logistika, savdo siyosati, sotish vositalari siyosati, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish siyosati. Iste’molchilar va bozorlarni joylashuvi siyosati, yetkazib berish siyosati, tayyor mahsulotlarni omborlarga joylashtirish siyosati va boshqalarni o’z ichiga oladi.
    Kommunikativ siyosatni vazifasi haridor ehtiyojini qondirish va foyda olish maqsadida talabni shakllantirish va tovar va xizmatni siljitish bo’yicha muqobil va samarali faoliyatni ta’minlash uchun marketing tizimini barcha ob’ektlarini korxona – mahsulot tayyorlovchilar bilan o’zaro harakatini tashkil etishdan iboratdir.
    Marketing-miks» nazariyasi «aralashma», «aralashtirilgan» deb tarjima qilinadi va strategik maqsadlarni yechishga mo‘ljallangan kompleks marketingni nazarda tutadi.

    Download 51,74 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 51,74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marketing elementlari tarkibi va jarayoni. Marketing – “miks” tushunchasi

    Download 51,74 Kb.