Marketing
Iste’molchi
Tadbirkorlik
Ishlab chiqarish va Ehtiyojni
savdo-sotiq dasturini qondirish (talabni)
tayyorlash
1-chizma. “Tadbirkor-iste’molchi” bozori munosabatlarida
marketingning o’rni.
Bu chizma ma’lumotlarida ko‘rsatilganidek, marketing bozor to‘g‘risida ma’lumotlar berish, ishlab chiqarish dasturini tayyorlash va talabni bashorat qilish orqali tadbirkorga iste’molchilar talabini qondirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Zamonaviy marketing tushunchasi.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida sanoat davri axborot davriga o‘rin bo‘shatib bermokda. Bu davrda AQSH, Yaponiya, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlariga yetib keldi. Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya unga juda yaqin. Tez o‘zgaruvchan bozor sharoitlari, narxsiz raqobat usullarining rivojlanishi, ishlab chiqarish yuksak darajada chaqqon moslashuvchan, yakka iste’molchiga mo‘ljallangan, hajmi kichik bozor sohalari, bozor segmentlari va ayrim “suqmoq”larning ko‘pligi unga xos xususiyatlardir. Ayni paytda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi shunday darajaga yetdiki, bir bozorning oraliq segmentlarida bo‘sh makon juda kam qoladi. Natijada bozor raqobati yanada shiddatli tus oladi. Ammo bu jarayon narx omili negizida emas, balki raqobatning yanada takomillashgan usul va shakllari paydo bo‘lishi natijasida yuz beradi.
Tovarning “xayotiy sikli” misli ko‘rilmagan darajada qisqaradi. Hozirgi davrda yetakchi yapon elektron firmalari bozorga o‘rtacha har uch oyda bir marta mikrosxemalarning yangi turini chiqaradi. Mahsulotlar assortimentning xilma-xilligi ortdi, bir xil buyumlarni ko‘plab ishlab chiqarish kamaydi, ya’ni to‘p-to‘p qilib uyub tashlash tajribasidan voz kechilmoqda. Tovar sifatiga ega bo‘lgan tovarlar mazmuni o‘zgardi. Endi yaxshi mahsulot chiqarish bilangina ish bitmaydi, raqobatga dosh berish uchun sotuvdan keyingi darajasini, firma ko‘rsatadigan ko‘shimcha xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash zarur.
Korxonalar harajatlarini oddiy kamaytirish yo‘llarini o‘ylabgina qolmay, ayni paytda tovarlarni sotish va o‘tkazish, daromadlarni muttasil ko‘paytirish sohalariga ko‘proq e’tibor berishga majbur. Mahsulot sotishga yangi bozorlar, muayyan afzalligi tufayli mahsulot o‘ziga jalb etadigan yangi haridorlarni qondirish lozim. Bu ishlarni hozirgi zamon marketingiga tayanibgina amalga oshirish mumkin. Korxonaning omon qolishi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, konyunktura-tijorat, ijtimoiy va boshqa axborotlarni o‘z vaqtida olishi kabi omillardan ustalik bilan foydalanish natijasida ta’minlanadi.
Marketing rivojlanishining uchinchi eng sifatli bosqichi taxminan 80-yillarning o‘rtalarida boshlandi va hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Bu yerda strategik, ijtimoiy yo‘naltirilgan, individual marketing, marketing munosabatlari, katta ijtimoiy guruhlar marketingi — mezo — va mega-marketinglar konsepsiyalari hukmronlik qiladi. Iste’molchilar dunyoning yagona markazi bo‘lmay qoladi. Bunda uchta omilning muvozanati vujudga keladi: firmaning foydasi, haridorlarning ehtiyojlari va jamiyat manfaatlari.
|