|
Hayvonlarda — bir-biri bilan “muloqot qilish”dagi “signalli” usullar majmui
|
bet | 2/3 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #119611 |
Bog'liq ALI Hayvonlarda — bir-biri bilan “muloqot qilish”dagi “signalli” usullar majmui. Hayvonlarda — bir-biri bilan “muloqot qilish”dagi “signalli” usullar majmui. Har bir tur hayvon uchun “oʻziga xos” kommunikatsiya “signallari” boʻladi. Reklama (lotincha: reklamo —qichqirmoq“) Reklama Reklama tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan koʻriladigan naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot toʻgʻrisida tarqatiladigan maxsus axborot. Reklama marketingnnng tarkibiy qismi hisoblanib, talab va isteʼmolchilar didining shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Reklama korxona imijini yaratish (uzoq davrli taʼsir koʻrsatish), joriy sotish hajmini koʻpaytirish (qisqa davrli taʼsir koʻrsatish), haridorlarga nima sotib olishni va uni nima uchun sotib olish zarurligini hal qilishda yordamlashish va boshqa maqsadlarda olib boriladi. Reklamaning asosiy vazifasi — xaridorni qiziqtirish, mijoz xaridorlarni yoʻqotmaslik va ularni kengaytirishga qaratiladi. Reklamaning paydo boʻlish tarixi juda qadimiy, Yunoniston va Qadimgi Rimda ogʻzaki va yozma Reklama, hatto tovar belgisi qoʻyib tamgʻalash yoʻli bilan tovarlar reklama qilinganligi haqida maʼlumotlar bor. Hozirgi shakldagi reklama ilk marta AQShda paydo boʻlgan. Bu yerda XIX asrning 2-yarmida birinchi reklama agentliklari faoliyat koʻrsatgan va reklama katta daromad keltira boshlagan. Dastlab yozma reklama haridorlarni magazin va unda sotiladigan tovarlardan xabardor qilish vazifasini bajargan. Bu ish taxtalavha yozish va vitrinalar tashkil etish orqali amalga oshirilgan. Keyinchalik reklama potensial haridorga nashrlar orqali murojaat shakliga aylandi — afishalar, kitoblar, jurnallar, gazetalarda axborotreklama eʼlonlari paydo boʻldi. Reklama ishiga ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, kino) jalb etildi. Reklama bir necha vazifani bajaradi: 1) tovarlar va xizmatlar isteʼmolchilarini xabardor qilish, maʼlumot berish vazifasi — reklama eʼlonlarida tovar va xizmatlarning sifati, ishonchliligi, ularni qoʻllash sohalari, ishlab chiqaruvchilari va sotib olish yoʻllari haqida maʼlumot beriladi; 2) ishontiruvchi reklama — mavjud tovarga isteʼmolchi va haridorlarlarning moyilligini oshirishga xizmat qiladi; 3)eslatuvchi reklama — mavjud, ammo bir qadar unutilgan talabni, haridorlarning oʻzlari uchun maʼlum boʻlgan tovarlarga munosabatni kengaytirishda muhim oʻrinda turadi.
|
| |