• ERP yordamida xodimlarni boshqarish tizimida standart- larni joyir etish
  • ERP tizimni qachon joriy etish kerak
  • ERP tizimlar orqali ishlab chiqarish jarayoniga standartlarni joriy etish




    Download 1,03 Mb.
    bet3/3
    Sana19.05.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #244462
    1   2   3
    Bog'liq
    MA\'RUZA

    ERP tizimlar orqali ishlab chiqarish jarayoniga standartlarni joriy etish
    Bu imkoniyat katta korxonalarda juda zarur bo‘lib, bunga sabab korxonaning filiallari va bo‘limlari bir-biridan uzoqda joylashgan bo‘ladi. Bunday hollarda har bir filial yoki bo‘lim ish jarayonini boshqarish uchun har xil turdagi dasturiy ta’minotlardan foydalanishi mumkin va bunda juda ko‘plab chalkashliklar va muammolar yuzaga keladi.
    Shu muommolarni hal qilish(oldini olish) uchun ERP tizimlar ishlatilinadi. Internet tizimi orqali kerakli ma’lumotni hech qanday qiyinchiliklarsiz olish mumkin.
    ERP yordamida xodimlarni boshqarish tizimida standart- larni joyir etish
    ERP tizimlarida hamma vazifalarni xodimlar bilan birlashtirish imkoniyati mavjud bo‘lib, ular yordamida xodimlarni tanlab olish, ularni qayta tayyorlash, ularni kelajakdagi professional rivojlanishlarini belgilab qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, ERP tizimlar orqali har bitta xodim ish faoliyatini samaradorligini hisoblash(aniqlash) mumkin.
    ERP tizimni qachon joriy etish kerak?
    ERP tizimlarni korxonalarga tadbiq etish korxona faoliyat olib boradigan sohaga bog‘liq. Kichikroq, "oddiy" korxona yangi faoliyatini boshlagandan darrov u korxonada ERP tizimni joriy etish shart emas.
    Korxona ichida yaratilinadigan barcha hujjatlar oddiy ofis dasturlari yordamida yaratilinadi(va ular oddiy messenjerlar yordamida tezkorlik bilan korxona ichida boshqa bo‘limga/xodimga yuboriladi).
    Lekin korxona faoliyati kattalashib borgani sari, yuqorida keltirilgan vazifalar, jarayonlar ko‘payib boradi. Va bunda korxona ichidagi bo‘limlar(kadrlar, buxgalteriya va boshqalar)da o‘zlarini ichki ma’lumotlar bazasi paydo bo‘lishi va ular kattalashishi boshlanadi. Shu ketishda, ular korxona bo‘limlari o‘rtasidagi axborotlar almashinuvini qiyinlashtiradi va sekinlashtiradi.
    Bunday hollarda boshqaruv samaradorligini oshirish, resurslarni optimallash va to‘g‘ri taqsimlash, ishlab chiqarish tezligini oshirish juda qiyin vazifa hisoblanadi. Va yordamga ERP tizimlar keladi. ERP tizim korxona yoki kompaniya ichida yagona, yaxlit ma’lumotlar bazasini shakllantiradi. Va yuqorida keltirilgan muommolarni еchish, ish jarayoni optimallash, samaradorlikni aniqlash va uni yaxshilash uchun xizmat qiladi.



    BPM-TIZIMLAR QANCHALIK SAMARALI


    Biznes jarayonlarini boshqarishning BPM-tizimlaridan foydalanadigan menejerlar soni tobora ortib bormoqda. Ularning nimasi foydali va qanday dasturiy ta’minotni tanlash kerak? «OLSOFT» kompaniyasi vakili Timur Sharapov maslahat beradi.
    Menejerlar BPM yordamida tashkilotdagi vaziyatni oson boshqarishadi, хodimlar – oʻz majburiyatlari va ish vaqtini samarali boshqarish haqida aniq tasavvurga ega boʻlishadi, iste’molchilar – tez va sifatli mahsulot yoki servis olishadi.
    BPM ishlar va aхborot oqimini, tizimlar va odamlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni samarali yoʻlga qoʻyish imkonini beradi. Hisobotlarni tahlil qilish va taqdim etish moduli tuzilmaning muhim elementi hisoblanadi, u foydalanuvchilarga biznes-jarayonlar monitoringini amalga oshirish imkonini beradi.
    Eng asosiysi – BPM-tizimlardan foydalanish oson va joriy etilganda tez fursatda manfaatli boʻladi.
    Oʻzbekiston uchun menejmentni avtomatlashtirish – yangilik hisoblanadi. Dastlabki pallada хorijiy ishlanmalardan foydalanish mumkin. ELMA BPM Suite, Bizagi BPM Suite hamda Bonita Open Solution singari dasturiy mahsulotlarga talab yuqori. Ushbu uchta tizim funksional jihatdan bir-biriga yaqin. Ularning har biri dasturiy dastaklarning oʻziga хos konstruktorini namoyon qiladi va ular yordamida korхonangiz uchun noyob korporativ boshqaruv tizimini yaratish mumkin.


    Download 1,03 Mb.
    1   2   3




    Download 1,03 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ERP tizimlar orqali ishlab chiqarish jarayoniga standartlarni joriy etish

    Download 1,03 Mb.