|
Multimedia kurslari uchun umumiy bo‘lgan quyidagi talablarni olish mumkin
|
bet | 3/3 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 22,63 Kb. | | #232110 |
Bog'liq 2Ma`ruza 2 Masofali oʻqitish konsepsiyasi, rivojlantirish bosqichlari va didaktik prinsiplari. M oʻqitish konsep maz.Multimedia kurslari uchun umumiy bo‘lgan quyidagi talablarni olish mumkin:
1) fanga kirish (tarixi, predmeti, dolzarbligi, mutaxassislik bo‘yicha dasturning
boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va o‘rni);
2) fan (kurs) bo‘yicha o‘quv dasturi;
3) fanni o‘rganishning maqsad va vazifalari;
4) kursni mustaqil o‘rganish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar;
5) mundarija;
6) bo‘limlar bo‘yicha tuzilgan asosiy mundarija;
7) bo‘limlar bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar, testlar, savollar, trening
uchun javoblari bilan mashqlar;
8) yakuniy test;
9) mustaqil ishlash uchun amaliy topshiriqlar;
10) katta bo‘lmagan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun mavzular (mini-ITI);
11) terminlarning izohli lug‘ati;
12) qisqartma va atamalar ro‘yhati;
13) xulosa;
14) adabiyotlar ro‘yxati (asosiy, qo‘shimcha, fakultativ);
15) kursning mavzulari bo‘yicha darsliklardan, jurnallardan olingan va ilmiy
maqolalar lavhalarini o‘z ichiga olgan xrestomatiya (dayjest);
16) qo‘llanmaning muallifi haqida qisqacha ma’lumot.
INTERAKTIV texnologiyalar:
1. internet masofaviy ta’lim portali;
2. video va audio konferensiyalar;
3. elekron pochta orqali ta’lim;
4. internet orqali mustakil ta’lim olish;
5. uzoqdan boshqarish tizimlari;
6. onlayn simulyator va o‘quv dasturlari;
7. test topshirish tizimlari.
INTERAKTIV bo‘lmagan texnologiyalar:
1. video, audio va bosmaga chiqarilgan materiallar;
2. televizion va radio ko‘rsatuvlar;
3. disklarda joylashgan dasturlar.
|
| |