Didaktika (qadimgi yunoncha: διδακτικός, didaktikos — „oʻrgatuvchi“, taʼlim beruvchi“) — pedagogikaning tarmogʻi.
Taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi Didaktika“ atamasi ilk bor Yevropada 17-asrda oʻqitish va taʼlim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qoʻllanila boshlagan.
Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy oʻzining „Buyuk didaktika“ asarida (1657) bolalar va oʻsmirlarni maʼlumotli qilish va ularga taʼlim berishning didaktik jihatlarini ishlab chiqdi. Nemis pedagogi Adolph Diesterweg oʻzining „Nemis oʻqituvchilarini oʻqitish uchun yoʻriqnoma“ (1834—35) asarida didaktikaning pedagogikada taʼlim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini taʼkidlagan. Shundan keyin didaktikaga taʼlim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. 19-yuzyillikning soʻngi va 20-yuzyillikning boshlarida didaktikaga oid maxsus monografiyalar yaratila boshlandi.
Hozirgi zamon pedagogikasida didaktikaga taʼlim va maʼrifat berish nazariyasi bilan shugʻullanadigan alohida soha sifatida qaraladi. Taʼlim mazmunini aniqlash, taʼlim jarayoni qonuniyatlarini ochish hamda oʻqitishning eng samarador usul va yoʻllarini topish didaktikaning asosiy muammolaridir. Didaktikaning mohiyatini belgilash, yoʻnalishini aniqlashda falsafiy-nazariy asosning oʻrni katta.
Uzoq vaqt mobaynida koʻplab kommunistik davlatlarda marksizm-leninizm didaktikaning taraqqiyot yoʻnalishini belgilab beruvchi metodologik asos deb qarab kelindi. Lekin mazkur taʼlimotning ilmiy asoslari puch, jamiyat va tabiat taraqqiyoti qonuniyatlarini toʻgʻri hamda xolis koʻrsatish imkoniyatidan mahrum boʻlgan tarafkash (tendensioz) qarash ekanligi maʼlum boʻlgach, unga tayanish mumkin boʻlmay qoldi. Keyingi vaqtda koʻplab musulmon davlatlarida kalom falsafasiga milliy didaktikaning metodologik asosi sifatida qaralmoqda. Chunki olamning yaralish, rivojlanish qonuniyatlari, insonning bilish imkoniyatlari, maʼrifatning shaxs kamolotidagi, oʻzini anglash borasidagi oʻrni singari jihatlar ana shu falsafiy asosga tayanilgandagina tushunarli tarzda izohlanishi mumkinligi anglab yetildi. Kalom falsafasi taʼlim olamni bilishning vositasi ekanligini, bilish jarayonining cheki yoʻq, ammo inson bilishi mumkin boʻlgan bilimlar cheklanganligini koʻrsatishi bilan diqqatga sazovordir.
Didaktika umumiy psixologiya, oʻqitish psixologiyasi hamda bilish nazariyasi bilan uzviy bogʻliq. Bu fanlarning har biri bolaning bilish faoliyati va uni amalga oshirilish jarayoni toʻgʻrisida alohida bilim beradi. Taʼlim mazmuni va usullarini belgilash borasida ham mazkur aloqadorlik katta ahamiyatga ega. Didaktika har qanday alohida predmetni oʻqitish va uning mazmunini tayin etish qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida taʼlim va maʼrifat ishlarini samarali tashkil etishning umumiy usullarini belgilab berishi lozim. Ayni vaqtda, alohida predmetlarni oʻqitish metodikasi maktab amaliyotining aniq tajribalaridan kelib chiqqanligi uchun didaktikaning tamoyillari taʼlim jarayonida uchraydigan har xil favqulodda hodisalarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda tuziladi.
Masofaviy o`qitish – o`zaro ma’lum bir masofada Internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o`quv jarayonlari komponentlari –maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o`qitish usullariga asoslangan talaba va o`qituvchi o`rtasidagi munosabat.
Masofaviy o`qitish tizimi – masofaviy o`qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o`qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o`qitish tizimi o`zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega. Masofaviy o`qitishning pedagogik texnologiyalari – tanlangan o`qitish konsepsiyasiga asoslangan masofaviy ta’limning o`quv-tarbiyaviy jarayonini ta’minlovchi o`qitish metodi va uslublar majmuasi.
Keys-texnologiya – masofaviy o`qitishni tashkil qilishning shunday uslubiki, masofaviy ta’limda matnli, audiovizual va multimediali (keys) o`quv uslubiy materiallar majmuasi qo`llanishga asoslanadi.
Zamonaviy kompyuter didaktik dasturlari (elektron darsliklar, kompyuter topshiriqnomalari, o‘quv qo‘llanmalari, gipermatnli axborotma’lumot tizimlari, arxivlar, kataloglar, ma’lumotnomalar, entsiklopediyalar, sinovchi va shakllantiruvchi trenajyor dasturlar) bilimlarning ko‘p sohalari kesishuvidan kelib chiqqan multimediya – texnologiyalari asosida yaratiladi.
Rangli kompyuter animatsiyalaridan, yuqori ishlanadi. Sifatli grafika,
videokator, sxemali, formulali, spravochnik (yordamchi prezentatsiyalari)dan foydalanish – o‘rganilayotgan kursni dinamik tasvirlarning ketma-ket yoki tarmoqlangan zanjiri tarzida namoyish etish imkonini beradi. Multimediya –
tizimlar didaktik materialni uzatishni yuqori darajada qulay va ko‘rgazmali
bo‘lishini ta’minlaydi, bu o‘rganishga qiziqishni orttirish va bilimlardagi
bo‘shliqlarni to‘ldirishga xizmat qiladi.
|